Tavsif
AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) oʻzining yangi Biznesni qoʻllab-quvvatlash loyihasi orqali AKT, turizm, tekstil hamda yashil iqtisodiyot yoʻnalishlarida tadbirkorlik va biznes muhitini yaxshilashga qaratilgan Loyihalar Tanlovini eʼlon qiladi. Ushbu Moliyalashtirish yillik Dastur bayonoti (APS) barcha manfaatdor va tanlov talablariga javob beradigan tashkilotlar Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID)ning Biznesni qoʻllab-quvvatlash loyihasi (BSP) doirasida moliyalashtirish uchun ariza berishda teng imkoniyatga ega boʻlishlarini taʼminlash uchun ochiq bayonotnoma sifatida eʼlon qilindi. Moliyalashtirish imkoniyatiga ega boʻlish uchun ariza beruvchilar ushbu Moliyalashtirish yillik Dastur bayonoti (APS)ning barcha talablarga javob berishlari va koʻrsatmalariga amal qilishlari kerak.
USAID oʻzining Ijrochi hamkori “Palladium International” MChJ orqali Oʻzbekiston boʻylab axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), tekstil, turizm va yashil iqtisodiyot kabi toʻrtta asosiy yoʻnalishda xususiy sektor sarmoyalarini ragʻbatlantirish uchun munosib takliflarni shakllantirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida ushbu yillik dasturni eʼlon qiladi. Dastur ayollar va yoshlar tadbirkorligi hamda ehtiyojmand aholi vakillari uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan. Ushbu yillik Dasturning maqsadi dastur talablariga javob beradigan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari, biznes maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchilari, biznes ekotizimi tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlaridan (NNT) USAIDning Biznesni qoʻllab-quvvatlash loyihasi doirasida amalga oshirish uchun arizalarini qabul qilishdan iborat.
Tanlovda kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari, biznes maslahat xizmatlari koʻrsatuvchilar, hamda nodavlat-notijorat Tashkilotlar (Uyushmalar, birlashma, palatalar va h.k) ishtirok etishlari mumkin. Grant miqdori 25,000-100,000 dollarni tashkil etadi. Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 5-martdan 31-maygacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.