Tavsif
Humphrey stipendiya dasturi - The Humphrey Fellowship Program - Fulbright almashinuv dasturlaridan biri boʻlib, oʻzbekistonlik mutaxassislarga AQShda 10 oy davomida diplomsiz magistratura bosqichida tahsil olish va oʻz mutaxassisliklari boʻyicha tegishli amaliy tajribaga ega boʻlish imkonini beradi.
Dasturga davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda ishlayotgan, boshqaruv qobiliyatiga ega faol, tashabbuskor mutaxassislarga tanlov asosida qabul qilinadi.
Dastur ishtirokchilari Amerika universitetlaridan birida taxminan bir yil davomida o'zlarining kasbiy qiziqishlariga mos keladigan magistratura darajasidagi kurslarda qatnashadilar. Biroq Humphrey Fellowship Program dasturi diplom beradigan dastur emasligi sababli ishtirokchilar o'z vaqtlarining katta qismini kasbiy rivojlanish faoliyatiga bag'ishlaydilar, jumladan, AQSh professor-o'qituvchilari va ekspertlaridan maslahat olishadi va hamkorlik aloqarini tashkillash, ekskursiyalar, seminarlar, tadqiqot loyihalarida ishtirok etish va o'z vatanida qo'llashi mumkin bo'lgan amaliy dasturlarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Dastur doirasida o'qish mumkin bo'lgan yo'nalishlar:
Aloqa va jurnalistika;
Huquq va boshqaruv;
Tabiiy resurslar siyosati;
Davlat va iqtisodiy siyosat;
Sog'liqni saqlash siyosati va boshqaruvi;
Texnologiya siyosati va boshqaruvi.
Ayni paytda 2026-2027-yil mavsumi uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Oxirgi muddat: 2026-yil 3-iyul.
Dastur ishtirokchilarining barcha xarajatlari to'liq moliyalashtiriladi.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: