Umumiy maʻlumotlar
AQShda xarajatlari to'liq qoplanadigan 1 haftalik dastur — Stanford Venture Fellowship taqdim etiladi. Dastur uchun 10 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
Dastur davomida ishtirokchilar katta va muhim loyihalar yaratish bilan bog‘liq g‘oyalar va loyihalar ustida ishlashadi hamda turli suhbatlarda qatnashadilar.
Dastur 2026-yilning 29-mayidan 3-iyunigacha davom etishi rejalashtirilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Butun dunyo bo'ylab sohasidan qat'i nazar barcha qatnashishi mumkin (talaba, asoschi (founder), tadqiqotchi, yetakchi va hakazo);
- 16 yoshdan katta bo'lish talab etiladi;
- Nomzodlarda tashabbuskorlik, qiziquvchanlik va yaratish bo'yicha tajriba bo‘lishi kerak.
Eslatma: 18 yoshdan kichik nomzodlar ariza topshirishdan oldin ota-ona yoki vasiy xabardorligiga ega bo‘lishi kerak.
Foydali tomonlari
Universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati.
Hujjat topshirish
Dasturga qiziqqanlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin. Ariza 10–15 daqiqada to‘ldiriladi.
Hujjat topshirishda quyidagilar so'raladi:
- Shaxsiy ma'lumotlar;
- Aloqa ma'lumotlari;
- Ta'limga oid ma'lumotlar;
- Nomzod qilayotgan ishi va nima yaratmoqchiligi haqida;
- Ishtirokchi egallagan ko'nikma va qobiliyatlar;
- 60 soniyalik video (ixtiyoriy);
- Rezyume (ixtiyoriy);
- Qo'shimcha havolalar.
Muhim: Natijalar dastur boshlanishidan kamida bir oy oldin e’lon qilinadi. Har bir ariza alohida baholanadi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 4-aprel 2026-yil;
- Takroran so'raladigan savollarga javob bu yerda.