Tavsif
AQShning Princeton universiteti barcha talabalarni ushbu universitetning bakalavr bosqichida o'qishga ruhlantirish va moliyaviy jihatdan yordam berish maqsadida Princeton’s Financial Aid Program dasturini tashkil etgan.
2024-yil iyun oyi holatiga THE reytingi bo’yicha Princeton universiteti dunyoda universitetlari reytingida 6-o’rinni egallamoqda.
Ushbu dastur talabalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlaydigan AQShdagi eng katta dasturlardan biri. Dasturda shu universitetning bakalavr bosqichidagi akademik jihatdan faol, qolaversa, oilaviy sharoiti o'rta darajada bo'lgan talabalar qatnashishi mumkin.
Dastur nizomiga ko'ra, talabalarning kontrakt to'lovi, yashash xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy yordam beriladi.
Dasturga har yili quyidagi muddatlargacha ariza topshirish mumkin:
- Early deadline (erta qabul): 1-noyabr;
- Regular deadline (odatiy qabul): 1-fevral.