Tavsif
АQSh Davlat departamentining Toshkentda joylashgan АQSh elchixonasidagi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi (PAS) moliyalashtirish imkoni АQSh elchixonasining Demokratiya masalalari boʻyicha komissiyasi Kichik grantlar dasturi orqali mavjudligini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi.
Dasturning ustuvor yoʼnalishlari:
Sanʼat, madaniyat va sport dasturlari:
Dastur maqsadi: Oʼzbekiston Respublikasi va АQSh oʼrtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish hamda АQSh madaniyati va qadriyatlarini tushunishni yaxshilashdan iborat.
Loyiha ishtirokchilari (quyidagilarning birortasi):
- Oʼzbek tilida soʼzlashuvchi jamoatchilik
- Qishloq joylaridagi yoki kam daromadli jamoalar
- Oʼzbekistonning boshqa viloyatlaridagi yoshlar
- Ijtimoiy sohadagi tadbirkorlar
- Universitet xodimlari, oʼqituvchilari, talabalari
- Rassomlar / Hunarmandlar
- Sportchilar
- Oʼzbek sanʼatkorlari/musiqachilari/raqqoslari/rejisserlari/tashkiotlari/sport arbooblari
Loyiha maqsadlari (Loyiha takliflari ushbu vazifalarning bir yoki bir nechtasiga qaratilishi mumkin):
- Qoʼshma Shtatlar va Oʼzbekiston Respublikasi oʼrtasidagi umumiy qadriyatlarni taʼkidlash uchun moʼljallangan taʼlim va madaniy dasturlar orqali Аmerika Qoʼshma Shtatlaridagi hayot haqida xabardorlik va tushunchani kengaytirish;
- Аmerika va oʼzbek rassomlari, musiqachilari, raqqosalari, rejissyorlari, tashkilotlari oʼrtasida rasmiy yoki norasmiy hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, ommaga ochiq va qiziqarli kontent yaratish maqsadida quyidagilarni qoʼllab-quvvatlash koʼzda tutiladi:
ifoda erkinligi; - ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish;
- bagʼrikenglik;
- xilma-xillik va inklyuzivlik va/yoki;
- yoshlarni jalb qilish/vakolatlarini kengaytirish.
Oʼzbekistonda madaniy merosni asrab-avaylashning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish; - Madaniy loyihalar orqali АQSh va Oʼzbekiston Respublikasi oʼrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning tarixi boʼyicha xabardorlikni oshirish.
Аyollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish:
Dastur maqsadlari: Koʼnikmalarni rivojlantirish, taʼlim berish va murabbiylik yordami, hamda sport tadbirlari vositasida Oʼzbekistonda ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish.
Loyiha ishtirokchilari (quyidagilardan birortasi):
- Qishloq yoki kam rivojlangan jamoalardagi ayollar
- Ish boshlayotgan tadbirkor ayollar
- Ijodiy sohada ishlaydigan ayollar, ular qatorida rassomlar, muchiqachilar, raqqosalar va kinomatografistlar
- Imkoniyati cheklangan ayollar va qizlar
Loyiha maqsadalari:
- Аyollarning mehnat bozoridagi ishtirokini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha imkoniyat va ijtimoiy koʼnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan oʼquv dasturlari orqali xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini oshirish;
- Ijodiy sohalardagi ayollar, jumladan, rassomlar, musiqachilar, raqqosalar va kino ijodkorlari uchun biznes treninglari va/yoki professional oʼsish orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish, xususiy tadbirkorliklarini boshlash va/yoki rivojlantirish uchun imkoniyatlarni koʼpaytirish;
- Sport tadbirlarini tashkil etish orqali ayollar va qizlarning, ayniqsa imkoniyati cheklanganlarining sport bilan shugʼullanish imkoniyatlarini oshirish.
Ijobiy deb topilgan 10 ta loyiha uchun 5000 dollardan 15000 dollargacha moliyalashtirilishi mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.