Umumiy maʻlumotlar
Tubądzin Management Group — Tubądzin Design Awards 2022 xalqaro tanlovining toʻrtinchi mavsumini ochiq deb eʼlon qiladi.
Ushbu tanlovning maqsadi zamonaviy arxitektura va dizayn bilan bogʻliq eng yaxshi loyihalarni aniqlashdir.
Loyihada arxitektura va dizayn sohasidagi professional nomzodlar hamda ushbu sohada taʼlim olayotgan 30 yoshgacha boʻlgan talabalar qatnashishi mumkin.
Tanlov 3 ta anʼanaviy hamda 1 ta maxsus kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi. Bular:
- Young power — Yosh kuch kategoriyasi;
- Everyday design — Kunlik dizayn kategoriyasi;
- Unlimited architecture — Cheksiz arxitektura kategoriyasi;
- CultureForm maxsus nominatsiya.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar kategoriyalar boʻyicha belgilangan talablarga javob berishlari lozim. Ushbu talablar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Uchinchi bosqich tugagan kundan (2022-yil, 30-noyabr) boshlab, 4 oy ichida tanlovning final bosqichi oʻtkaziladi hamda gʻoliblar aniqlanadi.
Tanlov gʻoliblari uch bosqichda aniqlanadi. Har bir kategoriya boʻyicha gʻoliblar pul mukofotlari hamda xalqaro miqyosda amaliyot oʻtash imkoniyatlariga ega boʻladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:
- Tanlovda ushbu kasb bilan professional tarzda shugʻullanuvchi arxitektorlar, interyer arxitektorlari va dizaynerlari, shuningdek, arxitektura, interyer arxitektori va dizayn yoʻnalishida tahsil olayotgan 30 yoshgacha boʻlgan talabalar ham qatnashishlari mumkin;
- Tanlovda individual yoki guruh boʻlib ishtirok etish mumkin;
- Tanlovning har bir kategoriyasi boʻyicha ishtirokchi istalgan miqdordagi ishlarni taqdim etishi mumkin;
- Tashkilotchi, koordinator bilan har qanday huquqiy munosabatlar asosida hamkorlik qiluvchi xodimlar va shaxslar, TDA hamkorlari yoki musobaqani tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadigan boshqa tashkilotlar aʼzolari tanlovda ishtirok eta olmaydilar.
3 ta kategoriya bo'yicha ish yuborish mumkin:
- Young power kategoriyasi uchun topshirilayotgan loyiha arxitektura, ichki arxitektura, kafel bilan bogʻliq boʻlgan boshqa sohalardan biriga taalluqli boʻlishi lozim;
- Everyday design kategoriyasi uchun topshirilayotgan loyiha hammom, oshxona hamda mehmonxona uchun moʻljallangan boʻlishi kerak;
- Unlimited architecture kategoriyasi boʻyicha nomzodlar fazoviy arxitektura, ichki meʼmorchilik, obyektlar, binoning fasadi yoki kafel bilan bogʻliq boʻlgan gʻayrioddiy loyihalarni topshirishlari mumkin. Agar loyihaga jamoat maydoni olingan boʻlsa, investitsiya nomi koʻrsatilishi kerak;
- CultureForm kategoriyasi boʻyicha loyihalar jamoat yoki xususiy joylarga, jumladan, ichki jihozlar, mebellar, tashqi va jamoat joylarini loyihalash elementlariga, ilhomlantiruvchi fasadlar, kafellardan ijodiy foydalanishga, sanʼat, madaniy joylarga bagʻishlangan boʻlishi mumkin. Agar loyihaga jamoat maydoni olingan boʻlsa, investitsiya nomi koʻrsatilishi kerak;
- Loyihada www.tubadzin.pl, www.ceramika-domino.pl, www.ceramika-arte.pl veb-saytlarida chop etilgan Tubądzin guruhining kafellaridan foydalanish kerak;
- Loyihada 100% Tubądzin guruhining kafellari ishlatilishi lozim (Unlimited architecture kategoriyasida 50%);
- CultureForm kategoriyasi maxsus nominatsiya boʻlib, unda Tubądzin guruhining kafellari soniga chegara belgilanmaydi va boshqa ishlab chiqaruvchilarning keramik plitkalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi;
- Loyihaga kamida 3 ta, maksimal 5 ta grafik fayl biriktirilishi, grafik fayllar *jpg yoki *png formatida boʻlishi kerak;
- Bitta faylning minimal oʻlchami 1920x1080 piksel, 72 dpi boʻlishi va uning hajmi 5 MB dan oshmasligi lozim;
- Grafik fayllar estetik va kompozitsion talablarga javob berishi kerak (logotip yoki moy boʻyoqli boʻlmagan aniq fotosuratlar va boshqalar);
- Tanlov uchun loyihaga 500-1500 belgidan iborat (probellar bilan birga) tavsifnoma ilova qilinishi kerak.
Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:
- Young power nominatsiyasi boʻyicha Gran-pri laureati Parijdagi Martin Duplantier Architectesʼda amaliyot oʻtash imkoniyati bilan mukofotlanadi;
- Everyday design Gran-pri nominatsiyasi laureati Milandagi Salone del Mobile yarmarkasiga sayohat va 1500 yevro pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
- Unlimited architecture yoʻnalishi laureati Tokioga sayohat qilish imtiyoziga ega boʻladi;
- CultureFORM nominatsiyasi boʻyicha Gran-pri laureati Varshavadagi Grand Theatr — Milliy Operada amaliyot oʻtash va 2000 yevro pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar ushbu havola orqali saytda roʻyxatdan oʻtishlari lozim.
Roʻyxatdan oʻtish va ariza topshirish yoʻriqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Tanlov xalqaro xarakterga ega va 2022-yil 1-martdan boshlab 2022 yil 30 noyabriga qadar oʻtkaziladi.
Tanlov 3 bosqichga boʻlingan:
I bosqich — 2022 yil 1 martdan 2022 yil 31 maygacha;
II bosqich — 2022 yil 1 iyundan 2022 yil 31 avgustgacha;
III bosqich — 2022 yil 1 sentyabrdan 2022 yil 30 noyabrgacha.
III bosqich gʻoliblari eʼlon qilingan kundan boshlab toʻrt (4) oy ichida
Tanlovning yakuniy bosqichi boʻlib oʻtadi va yakuniy natijalar va
tanlov gʻoliblari eʼlon qilinadi.
Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun tda@tubadzin.pl elektron manziliga yoki 0048 662 015 830 telefon raqamiga (dushanbadan jumagacha soat 9:00 — 16:00 oraligʻida) qoʻngʻiroq qilish mumkin.