Tavsif
URBAN TECH UZBEKISTAN — ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish boʻyicha har yili oʻtkaziladigan xakaton tanlovidir. Ushbu musobaqaning maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga raqamli texnologiyalar orqali yechim topishdir. Dasturning vazifasi davlat va jamiyat vakillari, shuningdek, xakaton ishtirokchilarining tegishli gʻoyalarini rivojlantirishdir. Xakaton orqali davlat va jamiyat hayotida mavjud muammolarini AKT soha orqali topilgan yechimlarni joriy etish maqsad qilingan.
Dasturda barcha hududlardan 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan yoshlar, yangi innovatsion yechimlarni taklif qilishga tayyor boʻlgan har qanday kasb va yoʻnalishdagi mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Xakatonning jamoa aʼzolari soni 4 kishidan iborat boʻlishi kerak va ishtirokchilar 4 yoʻnalish boʻyicha qatnashishlari mumkin. Dastur doirasida jami 200 million soʻm mukofot puli ajratiladi.
Dastur ikki bosqichda tashkillashtirilgan. Birinchi bosqich roʻyxatdan oʻtish jarayoni boʻlib, 10-iyuldan 10-avgustga qadar davom etadi. 16 — 18 avgust kunlari dasturning ikkinchi bosqichi olib borilib, unda jamoalar tashkilotchilar tomonidan qoʻyilgan keyslarni bajaradi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.