Ayol-qizlar uchun Qirg'izistonda xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik ekspeditsiya

Ayol-qizlar uchun Qirg'izistonda xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik ekspeditsiya

  • 01/03/2026 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Qirgʻiziston Davlat
  • 31/03/2026 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan 25 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Ayol-qizlar uchun Qirg'izistonda xarajatlari qoplanadigan ekspeditsiya — Adventure of Science: Women and glaciers in Central Asia taqdim etiladi. Ekspeditsiya uchun jami 10 nafar ayol saralab olinadi. 

Dastur tanqidiy fikrlash, qiziquvchanlik va har qanday fikrni ifoda etishni rag'batlantirish uchun mo‘ljallangan. Dastur davomida atrof-muhit bilan bog‘liq mavzular, jumladan iqlim o‘zgarishi va muzshunoslik haqida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari guruh bo‘lib o‘z ilmiy loyihasini ishlab chiqish orqali bu mavzularga qanday yondashish mumkinligi o‘rganiladi.

Dastur 2026-yil 18-avgustdan 28-avgustgacha Qirg‘izistondagi Ala-Archa Milliy Parkining yovvoyi tabiatini o'rganish uchun olib boriladi.

Ekspeditsiyadan so‘ng 2 ta ommaviy tadbir o'tkaziladi (Qirg‘izistonda post-ekspeditsiya tadbiri va xalqaro onlayn simpozium) va unda o'rganilgan bilimlarni olimlar va tegishli soha mutaxassislari bilan bo‘lishish imkoniyati mavjud.

Ma'lumot uchun: Ushbu sayohat davomida tajribali, faqat ayollardan iborat instruktorlar jamoasi va tog‘ bo'yicha gid ayol kuzatib boradi. Barcha instruktorlar tog‘ xavfsizligi bo‘yicha tayyorlangan, shuningdek, sertifikatga ega professional gid ekspeditsiya davomida xavf-xatarlarni boshqarish va xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladi. Ishtirokchilarga alp tog‘larida xavfsiz harakat qilish ko‘nikmalari o‘rgatiladi.

Dasturga Shveytsariya Rivojlanish va Hamkorlik Agentligi (SDC) tomonidan sertifikat berilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • 18-25 yosh oralig'idagi Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bo'lgan ayol-qizlar qatnashishi mumkin (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston);
  • Ingliz yoki rus tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Ishtirokchilardagi bilim, tajriba va ishtiyoq hisobga olinadi:
    • ilm-fanga qiziquvchi va tabiat hamda atrof-muhit haqida ko‘proq bilishni xohlovchilar;
    • yovvoyi tabiatni kashf etish imkoniyatini va o'zi bilan bir xil dunyoqarashli ayollar bilan fikr almashishni istayotganlar.

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Bishkekgacha borish-kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Ovqatlanish va turar joy bilan ta’minlanadi;
  • Ekspeditsiya uchun zarur bo‘lgan jihozlar (tog‘da yurish uchun kiyimlar/poyabzal va texnik jihozlar) taqdim etiladi;
  • Tog‘ muhitini o‘rganish, muzliklarni ko'rish va ayollar jamoasi rahbarligidagi lager hayotida tajriba o'tkazish imkoniyati.

Hujjat topshirish

Dasturga qiziqqanlar ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tib ariza topshirishlari mumkin.

 

Muhim: Joylar soni cheklanganligi uchun arizalarni imkon boricha tezroq topshirish so'raladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qirgʻiziston
Ayol-qizlar uchun Qirg'izistonda xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik ekspeditsiya

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar