Bakalavr bosqichining 3-4-kurs talabalari uchun kurs/diplom ishlari bo'yicha xalqaro tanlov. G'oliblar Irlandiyadagi sammitga bepul yo'llanma oladilar!

Bakalavr bosqichining 3-4-kurs talabalari uchun kurs/diplom ishlari bo'yicha xalqaro tanlov. G'oliblar Irlandiyadagi sammitga bepul yo'llanma oladilar!

  • 20/01/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Irlandiya Davlat
  • 07.06.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

The Global Undergraduate Awards 2024 - dunyodagi yetakchi akademik mukofotlar dasturi boʻlib, deyarli har bir oʻquv fanlari boʻyicha barcha bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan.

Dastur talabalarni aspiranturada oʻqish yoki ishga joylashish orqali oʻz ishlarini davom ettirishga ragʻbatlantirishni maqsad qilgan.

Arizalarni topshirish tez, oddiy va bepul!

Ushbu dasturga topshirilgan kurs/diplom ishlari xalqaro dastur tomonidan koʻrib chiqilib, eʼtirof etiladi. Kurs ishlari dunyoning eng nufuzli universitetlari professional akademiklari tomonidan baholanadi va nomzodga tanlagan sohasi boʻyicha eng yaxshi tadqiqotlar olib boradigan magistrantlar tarmogʻiga qoʻshilish imkonini beriladi.

Dasturga yosh chegarasi belgilanmagan boʻlib, dunyoning qaysi mamlakatida boʻlishidan qatʼiy nazar bakalavr bosqichining 3- yoki 4-kurs talabalari, shuningdek, ushbu bosqichni 2023-yilda tamomlagan nomzodlar ariza topshira oladi.

Dasturga 25 ta kategoriya boʻyicha ariza topshirish mumkin. Kategoriyalar haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur hozirda nomzodlarni 3 ta darajada baholaydi: Yuqori baholangan ishlar; Mintaqaviy gʻoliblar; Global gʻoliblar. Gʻolib boʻlgan barcha ishtirokchilar eʼtirof sertifikati va ularning taqdimoti, oʻz ishlarining The Undergraduate Library da eʼlon qilinishi bilan taqdirlanadi. Har bir kategoriya boʻyicha bittadan 25 ta global gʻoliblar Oltin medal, toʻliq moliyalashtirilgan sayohat va yillik UA Global sammitida qatnashish uchun bepul chipta oladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun ishtirokchilardan quyidagilar talab etiladi:

  • Dasturga 2023-yil bakalavr bosqichini tugatgan yoki 2024/2025-yillardan birida tugatadigan nomzodlar ariza topshira oladi;
  • Bakalavriatning kunduzgi taʼlim sohasida oʻqiyotganlar, agar oʻquv dasturi 4 yillik boʻlsa 3- yoki 4-kurs talabalari; agar oʻquv dasturi 3 yillik boʻlsa 2- yoki 3-kurs talabalari; agar oʻquv dasturi 4 yildan koʻp boʻlsa dasturning soʻngi 2 yillik bosqichi talabalari tanlovga ariza topshirishlari mumkin;
  • Bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha sirtqi taʼlimda tahsil olayotgan nomzodlar oʻz ilmiy darajalari uchun zarur boʻlgan kurslarning uchdan ikki qismini tugatgandan keyin topshirishlari mumkin;

Topshiriladigan kurs ishiga qoʻyilgan talablar:

  • Kurs ishi nomzod oʻqiyotgan universitet tomonidan A bahoga (yoki ekvivalent; Oʻzbekistonda bu “5” bahoga toʻgʻri keladi) baholanishi kerak;
  • Taqdim etilgan kurs ishi bakalavriatning istalgan bosqichida yozilgan boʻlishi mumkin. Faqat ariza topshirish vaqtida nomzod oxirgi kursda oʻqiyotgan boʻlishi yoki bakalavriatni 2023-yilda tugatgan boʻlishi lozim;
  • Tanlovga ariza topshirish oxirgi muddatiga qadar baholanib ulgurilmagan ishlar bilan ham qatnashish mumkin. Faqat bunda nomzodning soʻngi tugatgan semestr baholari yuqori (A yoki 5) boʻlishi kerak;
  • Tanlovda 3 ta kategoriya boʻyicha har biriga bittadan 3 ta kurs ishi bilan qatnashish mumkin;
  • Bir xil kurs ishi ikki marta topshirilishi mumkin emas. Bunday holatda ishlar tanlovdan chetlashtiriladi;
  • Tasviriy sanʼat, arxitektura va dizayn (Visual Arts and Architecture & Design) toifalari uchun rasmlar JPEG formatida va 10 MB dan kichik boʻlishi kerak;
  • Tasviriy sanʼat, Arxitektura va dizayn toifalari uchun topshirilgan ishlar, mustasno tarzda, akademik tavsiyanomalar bilan birga topshirilishi lozim;
  • Yozgi maktab yoki toʻgarak kabi ixtiyoriy dastur boʻyicha bajarilgan har qanday ish dasturga qabul qilinmaydi;
  • Yozilganiga haq toʻlangan ishlar qabul qilinmaydi;
  • Arizalarni taqdim etish muddati tugagunga qadar onlayn yoki bosma nashrlarda chop etilgan har qanday ish dasturga qabul qilinmaydi;
  • Chemical & Pharmaceutical Sciences, Computer Science, Earth & Environmental Science, Engineering, Life Sciences, Mathematics & Physics, va Medical Sciences toifalari boʻyicha kurs ishlari guruh boʻlib topshirilishi mumkin;
  • Guruh boʻlib topshirilgan ishlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- Maksimal 5 ta muallifdan iborat boʻlishi;
- Barcha mualliflar muvofiqlik talablariga javob berishlari kerak;
- Barcha mualliflar ariza yuborishga rozilik berishlari kerak;
- Mualliflarning biri ishni topshirish uchun guruh tomonidan vakil qilib tayinlanadi va ushbu kurs ishi tanlovda gʻolib boʻlgan taqdirda, tayinlangan vakil kurs ishini namoyish qiladi;

  • Guruh boʻlib topshirilgan ishlar individual arizalar kabi bir xil topshirish mezonlari, soʻzlar soni va anonimlik talablariga boʻysunadi;
  • Individual arizalarni topshirish uchun kategoriyalar boʻyicha cheklov yoʻq. Nomzod istalgan toifaga oʻzining individual kurs ishi bilan ariza topshira oladi;
  • Nomzod Erasmus yoki boshqa almashuv dasturlari uchun yozilgan kurs ishlarini topshirish mumkin;
  • Ishlar ingliz tilida boʻlishi, boshqa tilda yozilgan taqdirda ingliz tiliga tarjima qilinishi lozim;
  • Kurs ishlari PDF formatda, 20 mb dan kam boʻlishi kerak.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi toifalar boʻyicha baholanadi:

Yuqori baholangan ishlar. Kurs ishi oʻz toifalaridagi eng yaxshi 10% ga kiruvchi nomzodlar yuqori baholangan ishtirokchilar roʻyxatiga kiritiladi. Ular quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Eʼtirof sertifikati;
  • The Undergraduate Library da taqdim etilgan ishlarni chop etish;
  • UA bitiruvchilari tarmogʻiga qoʻshilish;
  • UA Global sammitida ishtirok etish.

Mintaqaviy gʻoliblar. 2016-yilda Undergraduate Awards dasturi ushbu yettita mintaqa boʻyicha gʻoliblar tayinlagan: Afrika va Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa, Irlandiya oroli, Lotin Amerika, Okeaniya, AQSh va Kanada. Har bir hududda eng yuqori natija koʻrsatgan ishtirokchilar mintaqaviy gʻolib deb topiladi va ular quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Eʼtirof sertifikat;
  • The Undergraduate Library da taqdim etilgan ishlarni chop etish;
  • UA bitiruvchilari tarmogʻiga qoʻshilish;
  • UA Global sammitida ishtirok etish.

Global miqyosdagi gʻoliblar. Topshirgan kurs ishi oʻz toifalarida eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar Global gʻoliblar toifasiga kiritiladi va quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Oltin medal va eʼtirof sertifikati;
  • The Undergraduate Library da taqdim etilgan ishlarni chop etish;
  • UA Global sammitida qatnashish uchun bepul chipta;
  • UA Global sammitida ishtirok etish uchun toʻliq moliyalashtirilgan sayohat.

Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga hujjat topshirish 4 bosqichda boʻladi. Bular:

  1. Nomzod maqbullik shartlarini koʻrib chiqishi va dasturga mos kelishini aniqlashtirishi lozim;
  2. Kurs ishi yozilgan kategoriyani tanlashlari kerak. Kategoriyalar boʻyicha ushbu havola orqali tanishish mumkin.
  3. Kurs/diplom ishini tayyorlashlari lozim. Bu haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
  4. Soʻngi bosqichda nomzodlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtib, arizalarni topshirishlari mumkin.

Roʻyxatdan oʻtishni tasdiqlash uchun nomzodning email manziliga tasdiqlov xabari yuboriladi.

Tanlovga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Eng koʻp soʻralgan savollar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qo'shimcha savol va murojaatlar uchun:

info@undergraduateawards.com

Irlandiya
Bakalavr bosqichining 3-4-kurs talabalari uchun kurs/diplom ishlari bo'yicha xalqaro tanlov. G'oliblar Irlandiyadagi sammitga bepul yo'llanma oladilar!

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar