Umumiy maʻlumotlar
JACAFA Foundation (Japan Central Asia Friends and Associates Foundation) tomonidan Tojikiston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Ozarbayjon davlatlarida taʼlim olayotgan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida JACAFA Scholarship Program dasturini tashkil etgan.
Dasturda bakalavr bosqichining ijtimoiy fanlar, iqtisod, moliya, menejment, informatika, kompyuter muhandisligi yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi taʼlimda (full-time) tahsil olayotgan 2-kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.
Dastur 2022-yil oktyabr oyidan boshlanadi va 2 yil davom etadi. Ishtirokchilar ushbu vaqt davomida oyiga 100 yevro miqdorida stipendiya bilan taʼminlanadilar. JACAFA dasturi yakunlangandan soʻng esa koʻplab boshqa imtiyozlarga ham ega boʻladilar.
Maqbullik shartlari
Nomzodga qoʻyilgan talablar:
- Dasturda 23 yoshdan kichik boʻlgan Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston yoki Ozarbayjon davlati fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Fuqarolik pasporti talab etiladi;
- Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak. Oʻrtacha baholar (GPA) 4.0 ballik tizimda 3.0 balldan yuqori boʻlishi lozim. Ushbu koʻrsatkich dastur davomida ham saqlanishi kerak;
- Ingliz tilini mukammal bilishi kerak. TOEFL, IELTS, TOEIC sertifikatlari talab etiladi yoki darslarni ingliz tilida tugatgan boʻlishi kerak;
- Nomzod bakalavr bosqichining ijtimoiy fanlar, iqtisod, moliya, menejment, informatika, kompyuter muhandisligi yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi taʼlimda (full-time) tahsil olayotgan boʻlishi kerak;
- Dasturining boshlanish vaqtida, oʻqishni bitirishiga aniq ikki oʻquv yili qolgan boʻlishi kerak, masalan. agar nomzodning oʻquv dasturi bitiruvgacha toʻrt oʻquv yili boʻlsa, stipendiya olishni boshlagan paytda uchinchi oʻquv yilini boshlashi kerak. Hozirda 2-kurs talabalari ariza topshirishlari mumkin.
Nomzoddan kutiladigan sifatlar:
- Akademik yutuqlari bilan bir qatorda, nomzodlar mukammal xulq-atvor, ochiq xarakter, ijobiy shaxsiy sifatlar va yaxshi muloqot qobiliyatlariga (ogʻzaki va yozma) ega boʻlishlari kerak;
- Nomzod oʻqishni tugatgandan soʻng oʻz karyerasiga oid qatʼiy va aniq kelajak tasavvuriga ega boʻlishi kerak;
- Oʻqishni tamomlagandan soʻng JACAFA bitiruvchilari hamjamiyatiga qoʻshilishi va JACAFAning barcha tadbirlariga faol hissa qoʻshishi kutiladi va talab qilinadi. Bu Yillik Bosh Assambleya, konferensiyalar va forumlarda ishtirok etish, shuningdek, ularni tashkil etishda yordam berishni oʻz ichiga oladi.
Foydali tomonlari
Dastur manfaatli jihatlari quyidagicha:
- Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar 2 yil davomida har oy 100 yevro miqdorida stipendiya bilan taʼminlanadi;
- Stipendiya oʻquv faoliyatini muvaffaqiyatli yakunlash uchun (masalan, darsliklarni sotib olish yoki maxsus kurslar yoki seminarlarda qatnashish uchun toʻlovlar) ishlatiladi;
- Har yili Markaziy Osiyo mamlakatlarida oʻtkaziladigan JACAFA bitiruvchilari tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi;
- JACAFA bitiruvchisi sifatida JACAFA Yaponiyaga tashrif buyurish dasturi (Japan Visit Program) tanloviga ariza topshirish imkoniyati mavjud. Bunda saralangan nomzodlar Yaponiyaga sayohat qilish uchun toʻliq grantga ega boʻlishlari mumkin;
- JACAFA bitiruvchilari yiliga $10 000 gacha boʻlgan kichik loyihalarni amalga oshirish uchun grant yutish imkoniyatiga ega boʻladi.
Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar avvalo ushbu onlayn ariza shaklini toʻldirishi kerak. Keyin kerakli hujjatlar jacafakg@gmail.com email manziliga taqdim etiladi.
Kerakli hujjatlar:
- Talabalikni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- Eng oxirgi universitet baholari nusxasi (inglizcha tarjimasi bilan);
- Kamida 2 ta universitet professorlaridan tavsiyanoma;
- Shaxsiy insho. Bunda nomzod oʻzi haqida qanday shaxs ekanligini batafsil taʼriflab berishi kerak, shu jumladan, oʻzining taʼlimi, eng muhim yutuqlari, shaxsiy, akademik va kasbiy oʻsishiga taʼsir koʻrsatgan tajribasi va nima uchun hozirgi oʻqiyotgan sohani tanlagani haqida batafsil maʼlumot berishi kerak.