Media tarixi va nazariyasi onlayn kursining asosiy maqsadi milliy davlatlar, kapitalistik iqtisodiyot va aholining siyosatdagi ishtirokida ommaviy axborot vositalarining rolini koʻrsatishdir. Kurs orqali nomzodlar ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalarni oʻrganishga nazariy yondashuvlarni koʻrib chiqishlari mumkin.
Ushbu kurs media kommunikatsiyalari tarixi va nazariy jihatlariga qiziqqan barcha magistratura va bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan.
Ushbu kurs ommaviy axborot vositalari nazariyasining koʻplab koʻrinishlari: tanqidiy nazariya, innovatsiyalar sotsiologiyasi, ommaviy axborot vositalarining siyosiy iqtisodi, madaniyatshunoslik, lingvistik yondashuvlar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Ushbu dasturda quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ishtirok etish mumkin:
39.04.01 Sotsiologiya
41.03.06 Ommaviy siyosat va ijtimoiy bilimlar
42.03.01 Jamoat bilan aloqa va reklama
42.03.02 Jurnalistika
42.04.02 Jurnalistika
42.04.05 Mediakommunikatsiya
Kursdagi bitta dars har biri 12-15 daqiqadan iborat bir nechta video maʼruzalardan iborat boʻladi. Har bir maʼruzada 1-2 ta interfaol savol boʻladi. Bundan tashqari, uy vazifasi sifatida har bir mavzu boʻyicha test savollari beriladi.
Kurs yakunida ishtirokchilar insho yozish boʻyicha topshiriqlarni bajarishlari va bir-birlarining insholarini belgilangan mezonlar boʻyicha tekshirishlari kerak boʻladi.
Dastur 12 hafta davom etadi va har bir hafta uchun kurs dasturi plani berilgan boʻlib, u bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Eng ko'p berilgan savollar ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Qo'shimcha savol va murojaatlar uchun manzil: