Bakalavriat va magistratura talabalariga nemis tilini Germaniyada toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻrganish uchun yozgi kurs — DAAD University Summer Courses
Germaniya Germaniya
30 Okt, 2025 · Muddat tugagan

Bakalavriat va magistratura talabalariga nemis tilini Germaniyada toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻrganish uchun yozgi kurs — DAAD University Summer Courses

Kurslar To'liq moliyalash

Tavsif

DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) bakalavriat va magistratura talabalariga nemis tilini Germaniyada toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻrganish uchun maxsus kurs — University Summer Courses taqdim etadi.

Ushbu dastur nemis tili va mintaqaviy fanlar boʻyicha bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan. Kurslar faqat nemis tilida olib boriladi va kamida 18 ta oʻquv kunini (maksimal haftasiga 5 kun, kelish va ketish kunlaridan tashqari), haftasiga kamida 25 ta oʻquv soatini tashkil etadi.

Dastur 2026-yilning iyun va sentyabr oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda istalgan yoʻnalish boʻyicha bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishi mumkin (bakalavriat talabalari dastur boshlanishiga qadar kamida ikki oʻquv yilini tamomlagan boʻlishi kerak);
  • Nomzod 18 yoshga toʻlgan boʻlishi shart;
  • Nemis tilini maʼruzalarda qatnashish va jamoaviy vazifalarni bajarish darajasida bilish lozim (kamida A2 darajada). Ariza topshirish vaqtida muddati 1 yildan oshmagan quyidagi til bilish sertifikatlari qabul qilinadi:
    • onSET-Deutsch;
    • TestDaF;
    • Goethe Institut Zertifikat;
    • DSD;
    • DSH;
    • telc Deutsch;
    • ÖSD-Zertifikat;
    • baccalaureate (faqat ixtisoslashtirilgan til kurslari uchun).
  • Saralashda nomzodning ilgari erishgan ilmiy yutuqlari, oʻquv dasturi va kelajakdagi oʻquv loyihasini tanlash boʻyicha maqsadlari inobatga olinadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Germaniyada davlat tomonidan tan olingan universitet va maktablar tomonidan taklif etiladigan til, mintaqaviy tadqiqotlar va texnik til kurslariga qatnashish toʻliq moliyalashtiriladi;
  • 1,192 yevro miqdoridagi bir martalik stipendiya beriladi (Eng kam rivojlangan mamlakat fuqarolari 1,367 yevro miqdorida stipendiya oladi);
  • Sayohat xarajatlari uchun 1,275 yevro ajratiladi (Oʻzbekiston fuqarolari uchun). Bu taxminiy mqdor bo'lib, 2026-yil uchun ajratiladigan aniq miqdor endi e'lon qilinadi.;
  • Sogʻliqni saqlash, baxtsiz hodisalar va shaxsiy javobgarlikni sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar qoplanadi.

Eslatma: Grant muddati uzaytirilmaydi. Kurs toʻlovlari va turar joy xarajatlari odatda til kurslarini taqdim etuvchi tashkilot tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri stipendiya imtiyozlaridan chegirib tashlanadi. Shuning uchun stipendiyaning toʻliq miqdori haqida maʼlumotni oʻsha tashkilot orqali bilish mumkin.

Topshirish jarayoni

1. Ushbu havola orqali DAAD portalidan roʻyxatdan oʻtish.

2. Til kurslarini taqdim etuvchi tashkilot va kurslarni aniqlab olish (ushbu havola orqali topish mumkin).

3. DAAD portalida onlayn hujjat topshirish.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Onlayn ariza shakli;
  • Jadval shaklida tayyorlangan CV (nemis tilida);
  • Motivatsion xat (nemis tilida);
  • Oxirgi ikki yil ichidagi barcha akademik transkript va individual baholari (nemis yoki ingliz tiliga tarjimasi bilan);
  • Bakalavriat talabalari uchun: umumiy oʻrta taʼlimni bitirganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma olgan baholari koʻrsatilgan holda (nemis yoki ingliz tiliga tarjimasi bilan);
  • Magistratura talabalari uchun: bakalavr diplomi akademik transkriptlari koʻrsatilgan holda (nemis yoki ingliz tiliga tarjimasi bilan);
  • Til bilish sertifikatlari (agar mavjud boʻlsa, nemis yoki ingliz tarjimasi bilan);
  • Ariza uchun muhim deb hisoblagan boshqa hujjatlar (masalan, amaliyotni tasdiqlovchi hujjat, ish joyidan sertifikatlar va hokazo).

Eslatma: Barcha hujjatlar PDF formatida saqlanishi kerak! Faqat PDF fayllarni portalga yuklash mumkin.

DAAD portalidan roʻyxatdan oʻtish haqida ushbu havola orqali, hujjat topshirish boʻyicha ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Nemis tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Bakalavriat va magistratura talabalariga nemis tilini Germaniyada toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻrganish uchun yozgi kurs — DAAD University Summer Courses
30 Okt, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.