Umumiy maʻlumotlar
Asosiy ofisi Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida joylashgan Xalqaro qayta tiklanadigan energiya agentligi (International Renewable Energy Agency (IRENA)) qayta tiklanadigan energiya yordamida barqaror iqtisodiy rivojlanish gʻoyalarini amalga oshirish hamda “Paris Agreement Goals”ning ijrosini taʼminlash maqsadida bir nechta ish oʻrinlarini eʼlon qiladi. Tashkilotning bugungi kunda 11 milliondan ortiq xalqaro xodimlari mavjud boʻlib, shularning 32 foizini ayollar tashkil etadi. Dastur turli millatlar bilan oʻzgacha muhitda, soha mutaxassislar orasida ishlash imkonini yaratadi. Unda millati, irqi, dini va kelib chiqishidan qatʼiy nazar barcha qatnashishi mumkin, ammo saralash jarayonida vaziyatdan kelib chiqib ayollarga ustunlik beriladi. Ariza topshirish uchun qayta tiklanadigan energiya yoki shunga yaqin sohada kamida ikki yillik ish tajribasiga, direktorlik darajasidagi lavozimlar uchun uchun esa kamida 15 yillik ish tajribasiga ega boʻlish lozim.
Qatnashchilar toʻliq oylik maosh, qoʻshimcha bonuslar, taʼtil, nafaqa fondi, sogʻliq sugʻurtasi, shaxsiy va professional rivojlanish imkoniyati va shu kabi bir qator imtiyozlarga ega boʻladi. Dasturga qabul jarayoni dasturda berilgan yoʻnalishlarga qarab 2 haftadan 4 haftagacha turlicha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda qatnashuvchilar uchun quyidagi talablar mavjud:
- Dasturda millati, irqi, dini va kelib chiqishidan qatʼiy nazar barcha qatnashishi mumkin;
- Qayta tiklanuvchi energiya, barqaror global energiyaning kelajagini yaratishga qiziquvchilar yoki bu sohada shijoatli barcha ishtirokchilar ariza topshirishlari lozim;
- Dasturda istalgan yosh vakillari ariza topshirishlari mumkin;
- Qatnashchilar tahliliy fikrlash, tez muloqot qilib ketish va yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlishlari lozim;
- Nomzodlar qayta tiklanadigan energiya yoki shunga yaqin sohada kamida ikki yillik, direktorlik darajasidagi lavozimlar uchun esa kamida 15 yillik ish tajribasiga ega boʻlishlari lozim;
- Odatda, nomzodlardan magistratura yoki doktoranturani bitirganlik talab qilinadi, ammo, sohada yetarlicha tajribaga ega, malakali nomzodlar ham koʻrib chiqiladi;
- Har bir nomzod ingliz tilini yozma va ogʻzaki darajada ham mukammal bilishi zarur. Aynan sertifikat soʻralmagan, lekin tilni mukammal bilish talabi qoʻyilgan. Qoʻshimcha til bilish, saralash jarayonida ustunlik berishi mumkin;
- Saralash jarayonida vaziyatdan kelib chiqib ayollarga ustunlik beriladi.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturning quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Turli millatlar bilan oʻzgacha muhitda, soha mutaxassislar orasida ishlash imkoni;
- Qayta tiklanuvchi energiya orqali BMTning barqaror rivojlanish gʻoyalariga hissa qoʻshish imkoniyati;
- Yaxshigina maosh;
- Qoʻshimcha bonuslar va boshqa foydali imkoniyatlar;
- Dastur doirasida tahsil olish imkoniyati;
- Nafaqa uchun fond;
- Joy oʻzgartirish imkoni;
- Shaxsiy va professional rivojlanish uchun sogʻlom muhit;
- Yiliga 30 kunlik taʼtil olish imkoni;
- Sogʻliq sugʻurtasi.
Dasturning foydali tomonlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturga ariza topshirish jarayoni quyidagicha:
- Dastur boʻyicha bir necha lavozimlar eʼlon qilingan boʻlib, avvalambor, ushbu havola orqali maxsus sahifaga tashrif buyuriladi va ariza topshirmoqchi boʻlgan lavozimingizni tanlanadi;
- Har bir lavozimning eʼlon qilinishi va ariza topshirish muddati turlicha, bunga alohida eʼtibor qaratish lozim;
- Kerakli lavozimni tanlab, ariza topshirish (“Apply”) tugmasi bosiladi;
- Ish eʼlonlari odatda 2-4 haftagacha turadi, topshirilgan arizalar onlayn kuzatib boriladi. Shuning uchun arizalar toʻliq yakunlanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Shuningdek, ariza bilan birga dasturga ariza topshirishdan maqsad yoritilgan xatni ham yuklash lozim;
- Arizalari va xatlari saralab olingan nomzodlardan keyingi bosqichda yozma imtihon yoki intervyudan oʻtish soʻraladi;
- Soʻnggi bosqichda esa intervyudan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar eʼlon qilinadi.
Dasturda mavjud lavozimlar bilan ushbu havola orqali tanishish va ariza topshirish mumkin.