Tavsif
Salohiyatli va iqtidorli talabalar uchun bakalavriat va magistratura bosqichini Berlin va Potsdamdagi universitetlardan birida oʻqish imkoniyatini beruvchi SBW Berlin Scholarship dasturi taqdim qilinadi. Dastur davomiyligi 30 kundan 48 oygacha davom etadi. Dastur uchun jami 20 nafar nomzod saralab olinadi.
Ushbu dastur moliyaviy jihatdan nochor oilalardan chiqqan va Germaniyada oʻqish davomida olgan koʻnikmalarni ayniqsa oʻz mamlakatlarida uzoq muddatli notijorat loyihalarni rivojlantirish uchun foydalanadigan chet ellik yoshlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
SBW Berlin Scholarship stipendiyasini qoʻlga kiritgan talablar oʻqishlarining boshidanoq oʻzlarining ijtimoiy notijorat loyihalarini boshlaydilar, ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar, shuningdek, oʻz mamlakatlariga qaytganlaridan keyin yashash sharoitlarini yaxshilash uchun loyihalarini qoʻllashlari kerak boʻladi.
Dastur qabul qilingan talabalarga oyiga stipendiya berish bilan bir qatorda kontrakt toʻlovi hamda boshqa xarajatlarni qoplaydi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.