CAREC University Startup Generator 2023 — universitet talabalari uchun sogʻliqni saqlash, taʼlim hamda atrof-muhitga aloqador mavzulardagi startaplar tanlovi

CAREC University Startup Generator 2023 — universitet talabalari uchun sogʻliqni saqlash, taʼlim hamda atrof-muhitga aloqador mavzulardagi startaplar tanlovi

  • 15/12/2022 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Koreya Davlat
  • 01/02/2023 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Magistr talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

CAREC University Startup Generator jamoasi universitet talabalarini ushbu tashkilot doirasida oʻtkaziluvchi startaplar inqilobiga taklif etadi.

Ushbu tanlov Osiyo taraqqiyot banki hamda Koreya Respublikasining elektron Osiyo va bilimlar hamkorlik jamgʻarmasi koʻmagida oʻtkazilmoqda.

Dasturda qatnashish uchun ishtirokchilar jamoa tuzishi yoki jamoalardan biriga qoʻshilishlari lozim hamda dastur doirasida berilgan vazifalarni bajarishlari kerak.

Ishtirokchilarning loyihalari quyidagi mavzularda boʻlishi lozim:

  • HealthTech
  • MobilityTech
  • CleanTech

Tanlov 2023-yilning fevral va mart oylarida, 2 oy davomida oʻtkaziladi va dastur soʻngiga har bir jamoa oʻzlarining natijalarini hakamlarga taqdim etadi. Dastur davomida koʻplab seminarlar tashkil etiladi.

Gʻolib jamoalarga mukofot puli hamda sertifikatlar topshiirladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturga CARECga aʼzo mamlakat fuqarolari qatnashishlari mumkin (Oʻzbekiston ushbu roʻyxatda bor);
  • Nomzod universitetning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilida koʻnikmalarga ega boʻlishi ishtirokchiga afzallik beradi;
  • Dasturda qatnashish uchun qatnashchilar jamoa tuzishlari yoki jamoaga qoʻshilishlari lozim;
  • Jamoalar 3-4 kishidan iborat boʻlishi mumkin;
  • Nomzod dastur davomida (2 oy) vazifalarni vaqtida bajarish uchun qatʼiyat, hamda jamoa bilan ishlash orqali turli madaniyatlarni oʻrganishga ishtiyoqmand boʻlishi kerak.

Eslatma: Dasturdagi vazifalarning barchasi ingliz tilida topshiriladi va mentorlar hamda mutaxassislar bilan ushbu tilda soʻzlashiladi. Shu sababli, jamoada kamida bir ishtirokchi ingliz tilini bilishi maslahat beriladi. Jamoalar tarjima vositalaridan foydalanishlari mumkin.

Dastur maqbullik shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

  • 1-oʻrinda gʻolib boʻlgan jamoaga 5,000 AQSh dollari;
  • 2-oʻrindagi jamoaga 2,000 AQSh dollari;
  • 3-oʻrinni egallagan jamoaga 1,000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti beriladi;
  • Bundan tashqari $1,000 miqdorida maxsus toifadagi mukofot ham taqdim etiladi;
  • Ishtirokchilar tadbirkorlik mahoratini oʻzlashtirish, xalqaro networking hamda trening darslar olish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali saytda roʻyxatdan oʻtish lozim.

Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha batafsil yoʻriqnoma bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dasturga ariza topshirishning soʻngi muddati 2023-yil 1-fevral.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur jadvali quyidagilardan iborat:

  • 2-fevraldan 15-martgacha ishtirokchilar jamoalari, ekspert/mentorlar bilan startaplarini yaxshilash borasida gʻoyalar ustida ishlashadi;
  • 29-mart kuni oʻz startaplarini berilgan mavzular boʻyicha hakamlar hayʼatiga taqdim etishadi.

Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar qatnashchilar ishtirokchining boshqaruv panelidagi (Participantʼs dashboard) xabar almashish platformasidan foydalanib, administratorga yuborishlari mumkin.

Koreya
CAREC University Startup Generator 2023 — universitet talabalari uchun sogʻliqni saqlash, taʼlim hamda atrof-muhitga aloqador mavzulardagi startaplar tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar