Dunyo boʻylab barcha tadqiqotchi olimlar uchun Saudiya Arabistonida amaliyot  — KAUST Fellowship. Yillik stipendiya 75,000 AQSh dollar

Dunyo boʻylab barcha tadqiqotchi olimlar uchun Saudiya Arabistonida amaliyot — KAUST Fellowship. Yillik stipendiya 75,000 AQSh dollar

  • 06/11/2022 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Saudiya Arabistoni Davlat
  • 15/01/2023 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

KAUST Global stipendiya dasturi butun dunyo boʻylab taniqli tadqiqotchilar va olimlarning toʻliq mustaqil martaba sari yoʻl qurishini qoʻllab-quvvatlaydi. Dastur yosh avlod olimlari va muhandislarini insoniyat manfaati uchun global muammolar va imkoniyatlarni oʻrganish va hal qilishga ilhomlantiradi.

Dastur KAUSTning asosiy tadqiqot tashabbuslarini toʻldirish, qoʻllab-quvvatlash, hissa qoʻshish va ilgari surish uchun ilgʻor gʻoyalarga ega boʻlgan mukammal postdoklarga qaratilgan.

Dastur quyidagi sohalarga qaratilgan tadqiqot ishlarini qoʻllab quvvatlaydi:

  • Water;
  • Energy;
  • Environment;
  • Digital domain;
  • Food&Health.

Dasturga qabul qilinish uchun nomzodlar oʻzlari uchun KAUST universitetdan mezbon mentorga bogʻlanishlari va ulardan qabul xati (acceptence letter) olishlari soʻraladi. Mezbon mentorlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Global Fellow sifatida ishtirokchilar KAUSTda mavjud bilimlarni rivojlantiruvchi va innovatsiyalar uchun yangi yoʻllarni ochadigan original tadqiqot ishini olib boradilar. Tadqiqot ishi boʻyicha batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

KAUST Global stipendiatlari KAUSTda yashashi va ishlashi hamda Saudiya Arabistonidagi kampusdagi tadqiqot laboratoriyalaridan birida ishlashlari lozim.

Dastur orqali nomzodlar professional amaliyotga ega boʻlishadi. Yiliga $75,000 stipendiya hamda tadqiqot ishi uchun $45,000 miqdorida stipendiya ajratiladi. Turar-joy hamda sayohat xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dunyo boʻylab barcha nomzodlar dasturda ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar Saudiya Arabistonida istiqomat qilish boʻyicha talablarga toʻgʻri kelishlari lozim;

  • Nomzod PhD darajasini oxirgi 4 yil ichida olgan boʻlishi lozim;
  • Doktorlik darajasiga ega boʻlmagan nomzodlar stipendiya boshlangan vaqtga qadar PhD diplomlarini topshirishi kerak;
  • Ariza beruvchilar ariza topshirish vaqtida toʻrt yildan kam doktorlik ilmiy tadqiqot tajribasiga ega boʻlishi kerak;
  • Ishtirokchilar  nashr qilish uchun topshirilgan 2 ta yoki xalqaro jurnalda nashr qilingan maqolaga ega boʻlishlari lozim;
  • Ariza beruvchining sohasiga muvofiq boshqa nashrlar ham qabul qilinishi mumkin. Oldin taqdim etilgan yoki hali tayyor boʻlmagan ishlar, asl nusxasi ingliz tilida boʻlmagan ishlar hamda konferensiyalardagi taqdimotlarning tezislari dasturga qabul qilinmaydi;
  • Taklif etilgan uch yillik tadqiqot loyihasini amalga oshirish uchun KAUSTga koʻchib oʻtishga tayyor boʻlishi kerak;
  • Nomzod KAUST oʻqituvchilaridan birining loyiha qabuli haqidagi roziligiga ega boʻlishi kerak;
  • Nomzod stipendiya uchun arizasida mezbon oʻqituvchining kontakt e-mailini berib oʻtishi lozim. Ushbu oʻqituvchi stipendiya bilan bogʻliq maʼmuriy jihatlarga yordam beradi hamda stipendiatning murabbiyi sifatida ishlaydi;
  • Boshqa tashkilot yoki oʻzga mamlakatda turib, ushbu stipendiya dasturida qatnashish taqiqlanadi;
  • Barcha millat vakillari murojaat qilishlari mumkin;
  • Ilms-fanda gender muvozanatini yaxshilash uchun ayollar arizalarini qoʻllab-quvvatlaymiz;
  • KAUST Global Fellowship dasturi KAUST akademik boʻlimlari dasturlariga muvofiq keluvchi Biologiya va atrof-muhit fanlari va muhandisligi (BESE), kompyuter, elektrotexnika va matematika fanlari va muhandisligi (CEMSE) va fizika fanlari va muhandislik (PSE) kabi tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlaydi;
  • Moliyalashtirilgan tadqiqot loyihalari KAUST besh tadqiqot ustunlari (Suv, Energetika, Atrof-muhit, Oziq-ovqat va Salomatlik va Raqamli domen)dan biriga yoki bir nechtasiga toʻgʻri kelishi kerak;
  • Hujjatlar ingliz tilida yozilishi kerak va maxsus formatlash taqiqlanadi. Bundan tashqari, raqamlar va jadvallar maksimal sahifa chegarasidan oshmasligi kerak. Loyiha taklifi va qoʻllab-quvvatlovchi hujjatlar taqdim etilgan shablonlardan foydalangan holda tuzilishi kerak;
  • Dastur toʻliq smenada olib boriladi. Nomzodlar boshqa ishda ishlashlari mumkin emas.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • KAUST Global Fellowshipdan 3 yil muddatli shartnoma va yillik 75,000 AQSh dollari (oyiga 6,250 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya;
  • Tibbiy sugʻurta, boshqa joyga koʻchirish xarajatlari, maktabda oʻqish toʻlovlari;
  • Turar-joy uchun 3000 AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratiladi;
  • Sayohat xarajatlari, yaʼni chiptalar bevosita universitet tomonidan qoplanadi;
  • Stipendiatlar va ularning qaramogʻidagi shaxslar stipendiyalarining bir qismi sifatida yiliga bir marta toʻlanadigan yillik sayohat stipendiyasini olish huquqiga ega.

Bundan tashqari nomzodga quyidagi xarajatlar uchun ham budjet mablagʻi ajratilishi mumkin:

  • Konferensiyalar va ish bilan bogʻliq sayohatlar uchun 5000 AQSh dollari;
  • KAUST Core Labs qurilmalaridan foydalanish uchun 10 000 AQSh dollari.

Tadqiqot mavzusiga qarab quyidagi mablagʻlar ajratiladi:

  • Hisoblash fanlari uchun 10 000 AQSh dollari;
  • Eksperimental/fizika fanlari uchun 15 000 AQSh dollari;
  • Biologiya/hayot fanlari uchun 30 000 AQSh dollari.

KAUST Global Fellowship dasturi oʻzining Global Fellows uchun turli dasturlar va sertifikatlangan kurslarda qatnashish imkoniyatini bepul taqdim etadi. Dasturlar va kurslar quyidagilarni oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi:

  • KAUST Postdoc Mentoring dasturi;
  • Garvard oliy taʼlim oʻqituvchilik sertifikati;
  • Yetakchilik dasturlari/sertifikatlari (masalan, Imperial Management & Leadership Rivojlanish kurslari, Oksford ijrochi rahbariyati dasturi, Stenford rahbari yetakchilik, EMBO Lab Leadership Kurs).

Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga arizalar ingliz tilida va onlayn ariza topshirish portali orqali topshirilishi lozim.

Quyidagi hujjatlar dastur uchun topshiriladi:

  • CV (max 4 bet). CVni qanday topshirish yoʻriqnomasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin;
  • Tadqiqot ishi. Mazkur hujjat boʻyicha batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin;
  • Mezbon mentorning tasdiqlovchi xati. Xat shablonini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.
  • Ikkita nashr qilingan ish (havolalar yoki qoʻshimchalar berilishi lozim);
  • Elektron pochta orqali tavsiya qiluvchilardan olingan 2 ta tavsiyanoma.

Hujjat topshirish yoʻriqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dasturga ariza topshirishning soʻngi muddati 2023-yil 15-yanvar.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Tanlov jarayoni 4 bosqichda olib boriladi:

  • 1-bosqich: Qayta ishlash va oldindan saralash;
  • 2-bosqich: Tashqi koʻrib chiqish va ishni baholash;
  • 3-bosqich: Intervyu;
  • 4-bosqich: Oxirgi saralash. 10 ga yaqin nomzodlar dastur uchun saralab olinadi.

Dastur ariza topshirish 2023-yil 15-yanvarga qadar davom etadi. Ushbu yilning fevral hamda aprel oylari davomida ishlar koʻrib chiqiladi va aprel hamda may oylarida onlayn intervyular oʻtkaziladi. Soʻngi natijalar iyun oyida eʼlon qilinadi va sentyabr oyidan dekabr oyiga qadar stipendiatlar mezbon universitetga kelishlari kutiladi.

Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: KGFP@kaust.edu.sa

Saudiya Arabistoni
Dunyo boʻylab barcha tadqiqotchi olimlar uchun Saudiya Arabistonida amaliyot — KAUST Fellowship. Yillik stipendiya 75,000 AQSh dollar

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar