El-yurt umidi” jamg‘armasi Boshqaruv kengashining 2025-yil 3 iyundagi 1-son qaroriga muvofiq nufuzli yetakchi universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun Jamg‘armaning 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!
Mazkur stipendiya tanlovi uchun o‘rinlar ajratishda STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura va qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari) shuningdek, davlat boshqaruvi va boshqa dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga (tibbiyot, ta’lim) maqsadli asosda alohida ustuvorlik berildi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan.
Xususan,
- bakalavriat - 130 ta o‘rin;
- magistratura - 220 ta o‘rin;
- doktorantura - 100 ta o‘rin.
Nomzodlarga hujjat topshirish jarayonida yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Jamg‘arma tomonidan onlayn platforma ishga tushirildi. Nomzodlar joriy yilning 3-iyunidan 16-iyuniga qadar mazkur platforma orqali tegishli hujjatlarni yuborib, tanlovga nomzod sifatida qatnashishlari mumkin.
Ochiq stipendiya tanlovida quyidagi shaxslar ishtirok eta olmaydi:
a) bakalavriat ta’lim dasturi bo‘yicha 30 yoshdan katta bo‘lgan, shuningdek, avval o‘xshash mutaxassislik bo‘yicha xorijda bakalavriatda ta’lim olganlar;
b) magistratura ta’lim dasturi bo‘yicha — 22 yoshdan kichik va 40 yoshdan katta bo‘lgan, shuningdek, avval ayni yoki turdosh mutaxassislik bo‘yicha xorijda magistraturada ta’lim olganlar;
v) doktorantura ta’lim dasturi bo‘yicha (shu jumladan, aspirantura orqali falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun) — 25 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta bo‘lgan, shuningdek, avval falsafa doktori (PhD), fan nomzodi yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini xorijda olganlar, O‘zbekistonda fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olganlar;
g) magistratura ta’lim dasturiga hujjat topshirishda 1 yildan kam, doktorantura ta’lim dasturiga esa 2 yildan kam mehnat stajiga ega bo‘lganlar;
d) oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar (mazkur talab bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlarga tatbiq etilmaydi);
e) xorijiy mamlakatlarda ta’lim olishi bilan bog‘liq xarajatlari xalqaro yoki xorijiy tashkilotlar, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar tomonidan, shu jumladan, Chevening, Fullbright, Erasmus Mundus, DAAD, KOICA, JICE va shunga o‘xshash boshqa dasturlar asosida ajratiladigan grantlar yoki stipendiyalar orqali to‘liq moliyalashtiriladiganlar;
j) xorijda sirtqi va onlayn dasturlar orqali ta’lim oladiganlar;
z) jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmaganlar.
“El-yurt Umidi” jamgʻarmasiga murojaat qilish uchun: