Eric Bleumink Fund Talent grant — Niderlandiyada magistraturani toʻla moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati; oylik stipendiya — € 970.

Eric Bleumink Fund Talent grant — Niderlandiyada magistraturani toʻla moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati; oylik stipendiya — € 970.

  • 01/06/2021 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Niderlandiya Davlat
  • 30.11.2021 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

Dunyoning Top 100 ta universitet roʻyxatiga kiruvchi Niderlandiyaning Groningen universiteti (The University of Groningen) butun dunyo talabalarini 1 yoki 2 yillik magistratura bosqichini toʻla moliyalashtirilgan holda bepul oʻqishga taklif qiladi. 

Ushbu grant Eric Bleumink Fund tomonidan moliyalashtirilayotgan boʻlib, har tomonlama iqtidorli hamda ilmiy salohiyati kuchli, ammo moliyaviy ehtiyojmand talabalarni qoʻllab-quvvatlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. 

Talablarga toʻla javob beruvchi, rivojlanayotgan mamlakatlardan kelgan eng munosib 4 ta talaba Talent Grantiga loyiq koʻriladi. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha ariza topshirish mumkin. Groningen universitetida oʻqish uchun ariza bergan talabalargina grantga daʼvogarlik qila oladilar.

Maqbullik shartlari

  1. Roʻyxatda keltirilgan davlatlardan birining fuqarosi boʻlish (Oʻzbekiston nomi qayd etilgan).
  2. 2022-yilning 1-fevraliga qadar University of Groningenning magistratura bosqichiga qabul qilingan boʻlishi lozim (Shundagina grant uchun saralashga loyiq deb topiladi).
  3. Yuqori akademik natijalarni qayd etgan boʻlishi kerak (tavsiyanoma xatida batafsil yozilgani maʼqul).
  4. Bakalavr bosqichini aʼlo baholarga bitirgan boʻlishi zarur.
  5. Ingliz tilini yuqori darajada bilish shart (sertifikat talab qilinadi).
  6. Dastur davomida toʻliq, tanaffuslarsiz oʻqish imkoniyatiga ega boʻlish.
  7. Salomatligi aʼlo darajada boʻlishi lozim.
  8. Oʻqish pulini qoplash uchun moliyaviy taʼminot manbasi boʻlmasligi kerak.

Talablar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Grant yutib olgan arizachilar uchun quyidagi imtiyozlar belgilangan:

  1. Oʻqish pulidan toʻla ozod etiladi.
  2. Niderlandiyaga borish-kelish xarajatlari (sayohat sugʻurtasi va aeroport soligʻini ham oʻz ichiga oladi) qoplanadi.
  3. Turar -joy hamda yashash xarajatlari uchun € 970 oylik stipendiya bilan taʼminlanadi.
  4. Mamlakatga kelish va joylashib olish uchun qoʻshimcha € 275 beriladi.
  5. Viza olish uchun mablagʻ ajratiladi.
  6. Oʻquv materiallari va kitoblar uchun alohida € 310 yillik stipendiya taqdim etiladi.
  7. Talaba oʻqish davrida jiddiy kasallansa, yaqin qarindoshlarining oʻlimi sabab mamlakatiga qaytib ketsa, shuningdek, kutilmagan holatlar sabab oʻqishni davom ettirishning iloji boʻlmaganda dastur muddati uzaytirib beriladi.
  8. Tibbiy sugʻurta va baxtsiz hodisalar bilan bogʻliq holatlar sugʻurta puli toʻlab beriladi.

Hujjat topshirish

Arizachilar quyidagi tartibda hujjat topshirishlari lozim:

  1. Online arizani toʻldirish.
  2. Diplom yoki oʻqishni tugatayotgani haqidagi hujjat nusxasi.
  3. Fanlar va baholar aks etgan roʻyxatdan nusxa.
  4. CV/rezumye.
  5. Motivatsion xat.
  6. Pasport nusxasi.
  7. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (IELTS, TOEFL, Cambridge).
  8. Kurslarning qisqacha tavsifi (yoʻnalishiga qarab).
  9. 1 ta tavsiyanoma xati (yoʻnalishiga qarab).
  10. Nomzodning akademik yutuqlaridan xabardor 2 ta taqrizchining kontakt maʼlumotlari (yoʻnalishiga qarab)
  11. GRE yoki GMAT natijasi (yoʻnalishiga qarab).

Eslatma: yuqoridagi hujjatlar umumiy boʻlib, nomzod tanlagan fakultetiga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Yoʻnalishlarga doir hujjatlar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Groningen universiteti qabul idorasi fakultetlarning qabul komissiyalari bilan maslahatlashgan holda qaysi abituriyent Erik Blyumink jamgʻarmasi stipendiyasiga nomzod boʻlishini aniqlaydilar. 2022-yilning fevraligacha magistratura dasturiga (vaqtinchalik) qabul taklifini olgan abituriyentlargina grant uchun daʼvogar sifatida hisobga olinadilar. Magistrlik dasturiga arizani 1 -dekabrgacha topshirish shart. Shundan soʻng, Qabul komissiyasi nomzodlarni fakultet qabul komissiyasi bilan birgalikda 2022-yilning yanvar oyining birinchi haftasi davomida saralaydi. Maʼqul deb topilgan nomzodlar keyingi bosqichga oʻtganliklari toʻgʻrisida xabardor qilinadilar. Ulardan bir hafta ichida Qabul komissiyasiga grant uchun motivatsion xat yuborilishi soʻraladi. Barcha hujjatlar toʻplanib Qabul komissiyasi tomonidan 1-fevralgacha EBF qoʻmitasiga yuboriladi. EBF tanlov qoʻmitasi Talent granti uchun eng loyiq 4 ta nomzodni tanlaydi. 2022-yilning 1 -martiga qadar barcha nomzodlarga tanlov jarayoni natijalari toʻgʻrisida xabar beriladi.

Qoʻshimcha maʼlumot va savollar uchun:

  • Tel: +31649230111 (whatsapp)
  • Fax: +82-42-350-2420
  • Elektron pochta: msd@rug.nl, study@rug.nl, prospectives@rug.nl
  • Vebsayt: https://www.rug.nl/education/s...;
  • Pochta manzili: University of Groningen, PO Box 72, 9700 AB Groningen, the Netherlands
Niderlandiya
Eric Bleumink Fund Talent grant — Niderlandiyada magistraturani toʻla moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati; oylik stipendiya — € 970.

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar