Tavsif
Germaniya tomonidan xalqaro jurnalistlar uchun 21-bor oʻtkazilayotgan Grafinya Donxof Marion nomidagi ikki oylik stipendiya dasturi.
Dastur yosh va iqtidorli jurnalistlarga Germaniya siyosati, iqtisodiyoti, madaniyati va ijtimoiy hayoti haqida oʻz tushunchalarini shakllantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, xorijiy tahririyatda ishlab tajribasini orttirish va nemis jurnalistikasi standartlari, tamoyillari bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatga ega boʻlishadi.
Dastur davomida jurnalistlar Germaniya tahririyatlarida muharrir sifatida ishlash bilan birgalikda, Germaniyadagi voqealarni yorituvchi chet el muxbiri sifatida ham ishlay olishadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.