Umumiy maʻlumotlar
Ushbu dastur Germaniyaning DAAD tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun har yili yozgi nemis tili kurslariga bepul qatnashish imkonini beradi.
Dasturdan maqsad chet ellik talabalarning nemis tilini bilish darajasini yaxshilash va Germaniya madaniyatini yaqindan o‘rganishga yordam berish.
Maqbullik shartlari
- Hujjat topshirayotgan vaqtda kamida 18 yosh bo‘lishi
- Germaniyadan boshqa davlat oliygohida o‘qiyotgan bo‘lishi
- Yaxshi baholarga ega bo‘lishi
- Nemis tilini kamida A2 darajada bilishi va buni isbotlovchi hujjat ko‘rsata olishi (sertifikatlar olinganiga 2 yildan oshmasligi kerak)
- Avval DAAD yozgi kurslariga qatnashgan bo‘lsa, oradan 2 yil vaqt o‘tgan bo‘lishi
Foydali tomonlari
- €1061 miqdordagi bir martalik stipendiya
- Germaniyaga borib kelish xarajatalari uchun mablag‘
- Turar joy xarajatlari
- Yozgi kursda bepul qatnashish
- Sog‘liqni saqlash va boshqalar bo‘yicha sug‘urta uchun to‘lov
Hujjat topshirish
- Hujjat topshirish 15-sentabrdan 1-dekabrgacha davom etadi
- Hujjat topshirish DAAD Portali orqali amalga oshiriladi
- Quyidagi hujjatlar topshirish so'raladi
- Onlayn ariza shaklini to‘ldirish
- Nemis tilida tarjimayi hol (CV)
- Nemis tilida motivatsion xat
- Maktab (kollej/litsey)ni tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (bakalavr talabalari uchun) yoki bakalavr diplomi (magistratura talabalari uchun), agar mavjud bo‘lsa, yakuniy baholar bilan (nemis yoki inglizcha tarjimasi bilan)
- Oxirgi 2 yilda olingan kreditlar yoki fanlar va ularning baholari (ingliz yoki nemischa tarjimasi bilan)
- Til va boshqa tegishli sertifikatlar (til sertifikati haqida batafsil)
Hujjat topshirish haqida batafsil ma'lumot ushbu havolada.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Til kurslari har yili odatda iyun-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi va kamida 18 kun, ko‘pi bilan 5 hafta davom etadi. Har hafta kamida 25 soatlik darslarni o‘z ichiga oladi.
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar uchun ushbu havolaga kiring.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun +49 (0228) 882-8888 portal xizmatiga yoki
portal@daad.de elektron pochtaga murojaat qilishingiz mumkin.