DAAD tashkiloti tomonidan magistratura bosqichini Germaniyada davom ettirishni xohlovchi rivojlanayotgan davlat fuqarolari uchun Helmut-Schmidt-Programme Masterʼs Scholarships dasturi tashkil etilgan.
Dasturdan koʻzlangan maqsad rivojlanayotgan davlatlarda boshqaruv tizimi va fuqarolik jamiyati tuzilmalarini rivojlantirishga yordam berishdan iborat. Dastur ijtimoiy boshqaruv, iqtisodiyot, siyosat va huquq sohalariga aloqador quyidagi 7 xil magistrlik kurslarida bepul oʻqish imkoniyatini taqdim etadi:
Master of Development and Governance — University of Duisburg-Essen, Institute of Political Science;
Master of Public Policy (MPP) — University of Erfurt, Willy Brandt School of Public Policy;
Peace and Conflict Studies (PACS) — Otto von Guericke University Magdeburg, Faculty of Humanities, Social Science & Education;
Master of Management in Nonprofit-Organisationen — University of Applied Sciences Osnabrück, Faculty of Business Management and Social Sciences;
Master of Governance and Public Policy — University of Passau, Faculty of Arts of Humanities;
Development Studies — University of Passau The Faculty of Arts and Humanities.
Ushbu dasturlar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin. Darslar ingliz yoki nemis tillarida olib boriladi.
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning barcha xarajatlari toʻliq qoplab beriladi hamda ular oylik stipendiya bilan taʼminlanadilar.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin:
Maqbullik shartlari
Dasturda ishtirok etish uchun talablar:
Dasturda rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Oʻzbekiston ushbu davlatlar qatorida mavjud;
Nomzodlar ijtimoiy va siyosiy fanlar, huquq, iqtisod, davlat siyosati va boshqaruvi kabi sohalarda bakalavr (yoki ekvivalent) darajasiga ega boʻlishi kerak;
Ingliz va/yoki nemis tilini mukammal bilishi lozim. Sertifikat talab etiladi hamda til bilish darajasi talabi tanlagan magistrlik kursiga qarab farq qiladi;
Oʻz davlatining ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga faol hissa qoʻshishga tayyor boʻlishi lozim;
Oʻz yoʻnalishiga doir sohalarda amaliy tajribaga (ish tajribasi, stajirovka yoki ijtimoiy-siyosiy faollik) ega boʻlishi kerak;
Yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishi shart;
Dasturda ishtirok etish uchun yuqori qiziqishga ega ekanligini ariza topshirish jarayonida isbotlay olishi lozim;
Dasturda ishtirok etish uchun yosh chegarasi mavjud emas, ammo nomzodlar bakalavr darajasiga ega boʻlganiga 6 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
Oʻqish kontrakt toʻlovidan ozod etiladi va 934 yevro miqdoridagi oylik stipendiya bilan taʼminlanadi;
Safar xarajatlari qoplanadi va tibbiysugʻurta bilan taʼminlanadi;
Oʻqish va tadqiqot ishlari xarajatlari uchun mablag' ajratiladi;
Nemis tilini oʻrganish uchun 4 oygacha davom etuvchi til kursida bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi;
Ishtirokchilar oila aʼzolarini (turmush oʻrtogʻi va farzandlari) oʻzi bilan olib ketishlar mumkin. Dastur bu borada alohida yordam beradi;
Dastur davomida tegishli oʻqish joylarida maxsus tayinlangan koordinatorlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi;
Maxsus tashkil etilgan turli tadbir va seminarlarda ishtirok etishlari va boshqa grant gʻoliblari bilan uchrashish va oʻzaro aloqalarni (networking) rivojlantirishlari mumkin;
Ijtimoiy himoya (Social Protection) onlayn magistrlik kursida oʻqiydiganlar uchun oyiga €500 stipendiya toʻlanadi. Toʻlov dastur soʻnggida (4-semestrda) toʻlab beriladi.
Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturda ishtirok etish uchun tegishli universitetlarning berilgan 7 ta magistrlik kurslaridan ikkitasiga ariza topshirish imkоni mavjud.
Kerakli hujjatlar:
Checklist form, yaʼni hujjatlar topshirilganligini tasdiqlovchi hisobot;