Tavsif
Ushbu DAAD stipendiyasi bakalavrni tamomlagan xorijiy talabalarga Germaniyada magistratura yoki bakalavrdan keyingi qo'shimcha kurslarda o'qish imkoniyatini beradi. Ushbu grantga bakalavr darajasini musiqa va unga doir bo'lgan yo'nalishlarda tamomlagan yoki oxirgi kursda o'qiyotgan talabalar hujjat topshirishlari mumkin.
Grant orqali siz Germaniyaning musiqa va san'at yo'nalishi mavjuda davlat universitetlarining birida magistrlik darajasida yoki bakalavrdan keyingi o'quv darajasini bermaydigan kurslarda o'qishingiz mumkin.
Dastur davomida grant sohiblari oylik stipendiya, bir martalik o'qish puli va sug'urta pullari bilan ta’minlanadi.