Tavsif
DAAD stipendiyalari bakalavr bitiruvchilariga magistratura yoki davomiy taʼlim kursini Germaniyada oʻqish imkoniyatini beradi. Shuningdek, ushbu dastur hamkasblar oʻrtasida tajriba almashish va aloqa oʻrnatishga yordam beradi.
Dasturda ikki xil yoʻl bilan taʼlim olish mumkin:
- Yakuniy kasbiy malaka bera oluvchi magistratura/aspirantura darajasi;
- Yakuniy kasbiy malaka bermaydigan qoʻshimcha kurs (bakalavriat kursi emas).
Oʻquv dasturi 2 bosqichli (odatda toʻrt semestrlik magistratura) yoki ikki semestrda oʻtkaziladigan 3 bosqichli (konsert imtihoni, master-klass yoki badiiy fan boʻyicha PhD)dan iborat boʻlishi mumkin.
Darslar tanlangan universitet talabiga qarab ingliz yoki nemis tillarida boʻlib oʻtadi. Til bilish sertifikati talab etiladi.
Dastur nomzodlarning oʻqish toʻlovlari, yashash hamda sugʻurta xarajatlari va boshqa shu qator toʻlovlarni qoplaydi. Oylik stipendiya ham beriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.