Umumiy maʻlumotlar
Illustrators of the Future Contest tanlovi butun dunyo bo‘ylab yangi ilmiy-fantastik va fantastik janrdagi rassomlarning san'atini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Mazkur tanlovda qatnashish orqali havaskor rassomlar o'z ijodining ushbu sohadagi professionallar tomonidan baholanishi va keng auditoriyaga namoyon qilish imkoniga ega bo'ladilar.
Tanlovdagi rasmlar faqat professional rassomlar tomonidan baholanadi. Har qanday mavzudagi ilmiy-fantastik yoki fantastik janrdagi rasmlar bilan qatnashish mumkin.
Har chorakda 500 AQSh dollari (jami 1500 dollar) miqdorida uchta mukofot beriladi. Har yili o'n ikki choraklik g'oliblar orasidan hakamlar “L. Ron Xabbard Oltin Qalam” mukofoti va qo'shimcha 5000 dollar pul mukofotini olish uchun bosh mukofot g'olibini tanlaydi.
Tanlovda qatnashish uchun rasmlarni yuborishning so'nggi muddati - 30-iyun, 2023-yil, soat 00:59.
Illustrators of the Future Contest tanlovi haqida batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Mazkur tanlovda barcha davlat fuqarolari qatnasha oladi;
- Oldin 3 tadan ortiq rasmlari ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinmagan havaskor (rasmlari uchun pul to'lanmaydigan) va yangi ish boshlagan rassom bo'lish kerak;
Topshiriladigan rasmlarga qo'yiladigan talablar quyidagicha:
- Oldin hech qayerda e'lon qilinmagan rasm bo'lishi kerak;
- Har qanday mavzudagi ilmiy-fantastik yoki fantastik rasmlar qabul qilinadi;
- Oq-qora yoki rangli uchtagacha rasm bilan qatnashish mumkin;
- Rasmlarda foto va dizayn dasturlari, fotografiyadan foydalanish mumkin;
- Rasmlar 9 dyumdan (22,86 sm) 12 dyumgacha (30,48 sm) bo'lgan kattalikdagi konvertda topshirilishi kerak;
- Elektron shaklda taqdim etilgan rasmlar 300 dpi, kamida 5 x 7 dyum va ko'pi bilan 8,5 x 11 dyum bo'lishi talab qilinadi;
- Fayl hajmi kamida 5 mb va maksimal 100 mb bo'lishi kerak.
- Faqat .jpg va .jpeg fayllaridagi rasmlar qabul qilinadi.
Muvofiqlik talablari (Eligibility requirements) haqida batafsil ushbu havola orqali o'qish mumkin.
Foydali tomonlari
- Tanlovda qatnashish bepul;
- Tanlovning har chorak bosqichida uch nafar g'olib aniqlanadi va 500 AQSH dollari va kubok bilan mukofotlanadi;
- Chorak final g'oliblari yillik Grand Prize kubogi bilan birga 5000 AQSh dollari miqdoridagi yillik bosh mukofot uchun kurashish huquqiga ega bo'ladilar.
Hujjat topshirish
Mazkur tanlovda 2 xil usulda qatnashish mumkin: online hisob (account) ochib rasm(lar)ni yuklash orqali yoki pochtadan yuborish orqali.
- Online hisobni (account) ushbu havola orqali ochish mumkin;
- Hisob ochilganidan so'ng shaxsiy ma'lumotlarni (ism-familiya, yashash manzili kabi) to'ldirish talab etiladi;
- Shundan so'ng ochilgan profilda tanlov uchun rasmlarni yuklash mumkin.
Pochta orqali o'z ishini yuborishni istaganlar quyidagi manzilga yuborishi kerak:
L. Ron Hubbard’s Illustrators of the Future Contest
7051 Hollywood Blvd., Los Angeles, California 90028
Tanlovda qatnashish haqida batafsil ushbu havola orqali oq
Qoʻshimcha maʻlumotlar