Umumiy maʻlumotlar
"Samarqand viloyati yoshlarining innovatsion g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash dasturi" maqsadli moliyalashtirish uchun imkoniyati cheklangan insonlarga brayl qurilmalari loyihalari tanlovini e'lon qiladi
Samarqand viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Innovatsion rivojlanish boshqarmasi, IT-Park Samarqand filiali hamda boshqa qator tashkilotlar hamkorligida "Samarqand viloyatida yoshlarning innovatsion g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash dasturi"ning 2-to'lqiniga start berilgandi. Dastur doirasida quyidagi qurilmalarni yaratish va ishlab chiqarishga oid loyihalar tanlovi bo'lib o'tadi:
- Brayl klaviatura (Kompyuterlar uchun);
- Brayl displeyi;
- Innovatsion hassa;
Maqbullik shartlari
- Loyihalar quyidagi qurilmalarni yaratish va ishlab chiqishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak:
- Brayl klaviatura yoki displey;
- Innovatsion hassa
Foydali tomonlari
- Dasturda ishtirok etgan muvaffaqiyatli loyihalar Samarqand viloyati hokimligi tomonidan 1 000 000 000 so'm mablag' hisobidan beg'araz subsidiyalar evaziga moliyalashtiriladi.
Hujjat topshirish
- Dasturda qatnashish ushbu havoladagi arizani to'ldirish orqali amalga oshiriladi
- Loyiha muallifi ma'lumotlari kiritiladi
- Loyiha haqida ma'lumot beriladi. Shu jumladan:
- Loyiha nomi
- Qisqacha tavsifi
- Qanday muammo yoki ehtiyojga javob berishi
- Muammoni qay tariqa hal qilishi
- Loyihaning hozirgi holati (g'oya, MVP, …)
- Loyihaning innovatsion jihati
- Yo'nalishi
- Auditoriyasi
- Raqobatchilar hamda
- Biznes model haqida ma'lumot berish kerak
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Murojaat uchun telefonlar:
+998 90 504-88-04
+998 97 287-99-91