Islom taraqqiyot banki tomonidan iqtidorli talabalar va tadqiqotchilarga oliy ta’lim olish va ilmiy tadqiqotlar olib borish imkonini beruvchi grant dasturi — IsDB Scholarship Programs taqdim etiladi.
Dastur inson kapitalini har tomonlama va inklyuziv rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida yo‘nalish hisoblanadi.
Bu yo‘nalish orqali IsDB a’zo mamlakatlar va a’zo bo‘lmagan mamlakatlardagi musulmon jamoalariga turli muammolarni hal qilishda yordam berishni, jumladan stipendiya dasturlari orqali salohiyatni oshirishni maqsad qilgan.
Ta’limga sarmoya kiritish orqali inson kapitalini global darajada rivojlantirish dasturning asosiy faoliyatidir.
Magistartura bosqichining 2026–2027 o‘quv yili uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Ma'lumot uchun: Islom taraqqiyot banki (IsDB) jamiyat taraqqiyoti va barqaror rivojlanish uchun malakali kadrlar juda muhim ekanini e’tiborga olib, tashkil topganidan beri inson kapitalini rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelmoqda.
A’zo bo‘lmagan mamlakatlardagi musulmon jamoalariga yordam berish maqsadida IsDB 1983-yilda bakalavriat uchun stipendiya dasturini ishga tushirdi. Keyinchalik, bu dasturdagi tajribaga asoslanib, 1992-yilda a’zo mamlakatlarda ilm-fan va texnologiyani rivojlantirish uchun PhD va postdoktorlik bosqichlari uchun stipendiya dasturi yaratildi.
Ba’zi kam rivojlangan a’zo mamlakatlar bu dasturdan foydalana olmagani sababli 1998-yilda magistratura (M.Sc.) uchun alohida stipendiya dasturi ham yo‘lga qo‘yildi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.
Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qo'shimcha ma'lumot olish mumkin: