IT Park Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda turizmda sohasida startaplarni rivojlantirish uchun “Tourism. The Path to innovation” sayyohlik tanlovining ikkinchi toʻlqini boshlaganini eʼlon qildi. Unda ishtirokchilar turizm sohasidagi muammolarni hal qiladigan startap loyihalarni taqdim etishlari kerak.
Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. Yagona talab ishtirokchi turizm sohasidagi muammolarni hal qiladigan startap loyihani taqdim etishi kerak. Gʻoliblar turizm sohasidagi startap-loyihalar va innovatsion biznes gʻoyalar, shu jumladan birinchi navbatda turistlar uchun qulayliklar yaratishga yoʻnaltirilgan axborot dasturlar va xizmatlarni taqdim etgan tanlov ishtirokchilari orasidan saralab olinadi.
Gʻoliblar loyihalarni amalga oshirish uchun pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi. Jami sovrin jamgʻarmasi 800 000 000 soʻm.
Tanlov ikki bosqichda oʻtadi:
1-bosqich: 2021 yil 11 iyundan 30 iyungacha ariza beruvchining startap-loyihalari oʻrganib chiqiladi va saralanadi.
2-bosqich: 2021 yil 31 iyulga qadar 1-bosqich yakunlari boʻyicha saralangan startap-loyihalar muallifi (ariza beruvchi) komissiya huzurida oʻz loyihalari taqdimotini oʻtkazadi va taqdimot natijasi boʻyicha baholanadi.
Qoʻshimcha maʼlumotni +998712091199 raqam boʻyicha olishingiz mumkin.