Kanadada magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturlarida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi McCall MacBain Scholars dasturi

Kanadada magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturlarida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi McCall MacBain Scholars dasturi

  • 01/06/2022 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Kanada Davlat
  • 25.08.2022 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

McCall MacBain Scholars stipendiya dasturi Kanadaning McGill universitetining toʻliq muddatdagi magistratura va ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturlarida toʻliq moliyalashtirilgan holda tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.

Stipendiya dasturi istalgan yoʻnalishdagi ilgʻor va yuqori salohiyatli xalqaro hamda kanadalik talabalarga taqdim etiladi. 2023-yil kuzda boshlanuvchi dasturlar uchun jami 10 nafar xalqaro talabalar stipendiat sifatida tanlab olinadi.

Stipendiya dasturi 2022-yil 25-avgustga qadar arizalar qabul qiladi. Nomzodlar McGill universiteti taklif qiluvchi magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturlariga hujjat topshirmasdan avval ushbu stipendiya dasturiga ariza berishlari mumkin. Keyinchalik, 2022-yil dekabrga qadar nomzodlar oʻzlari tanlagan dasturlarga hujjat topshirishlari mumkin.

Stipendiya dasturi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Stipendiya dasturiga ariza berish uchun nomzodlar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:

  • McGill universitetining 2023-yil kuzida boshlanadigan toʻliq muddatdagi magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturi talablariga javob berishi lozim:
    • Bakalavr darajasiga ega boʻlish;
    • Ingliz tilini kamida IELTS 6.5+ yoki TOEFL IBT 86 darajada bilish;
    • GPA kamida 3.0/4.0ga ega boʻlish va boshqalar.
  • Nomzod tanlagan dastur kamida 45 kreditdan iborat boʻlishi kerak va asosan McGillning shahar markazida yoki Macdonald kampuslarida oʻtkazilishi kerak;

McGill universiteti magistratura dasturlari bilan ushbu sayt orqali tanishib chiqish mumkin.

Ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturlari: BCL/JD (Law), DMD (Dentistry), MDCM (Medicine).

Stipendiya dasturi talablari boʻyicha qoʻshimcha savollar bilan info@mccallmacbainscholars.org orqali murojaat qilish mumkin.

Foydali tomonlari

Stipendiya quyidagi xarajatlarni toʻliq qoplaydi:

  • McGill universitetida magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturining toʻliq davomiyligi uchun oʻqish va qoʻshimcha toʻlovlar;
  • Akademik semestr davomida, oyiga 2,000 kanada dollari miqdorida yashash xarajatlari uchun stipendiya;
  • Monrealga koʻchib oʻtish xarajatlari.

Shuningdek, talabalar yetakchilikni rivojlantiruvchi intensiv dastur, keng koʻlamli seminarlar va suhbatlarda qatnashadilar, mentorlar va maslahatchilar bilan birga ishlaydilar.

Stipendiya imtiyozlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

  1. Onlayn Information Sessionʼda ishtirok etib, hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot olish mumkin;
  2. Onlayn ariza berish portali orqali hujjat topshiriladi;
  3. Stipendiya uchun hujjat topshirishdan avval nomzod McGill universitetida oʻqish uchun tanlagan dastur talablariga mos kelishi lozim.
  • McGill universitetining 2023-yil kuzida boshlanadigan toʻliq muddatdagi magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturi talablariga javob berishi lozim:
    • Bakalavr darajasiga ega boʻlish;
    • Ingliz tilini kamida IELTS 6.5+ yoki TOEFL IBT 86 darajada bilish;
    • GPA kamida 3.0/4.0ga ega boʻlish va boshqalar.

McGill universiteti magistratura dasturlari bilan ushbu sayt orqali toʻliq tanishib chiqish mumkin.

Ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturlari: BCL/JD (Law), DMD (Dentistry), MDCM (Medicine).

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar intervyuga taklif etiladi. 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Tez-tez soʻraladigan savollar boʻlimi — FAQs.

Stipendiya dasturi talablari boʻyicha qoʻshimcha savollar bilan info@mccallmacbainscholars.org orqali murojaat qilish mumkin.

Ushbu havola orqali batafsil dastur timelineʼni bilan tanishib chiqish mumkin.

Kanada
Kanadada magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturlarida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi McCall MacBain Scholars dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar