Umumiy maʻlumotlar
Kiberxavfsizlik sohasi boʻyicha magistratura bosqichini oʻqishga qiziqqan barcha talablar uchun grant dasturi — CYBERSURE (Masterʼs Programme in Cybersecurity and Assurance) taqdim etiladi.
CYBERSURE — bu nufuzli Erasmus Mundus Joint Master Degree dasturi boʻlib, butun dunyo boʻylab iqtidorli nomzodlarga toʻliq va qisman moliyalashtiriladigan grantlarni taqdim etadi.
Dastur akademik jihatdan mukammallashishni istagan, texnik salohiyat va kiberxavfsizlik sohasini rivojlantirishga intiladigan nomzodlarni aniqlashga qaratilgan.
Har bir talabaga individual yondashuv va sifatli taʼlimni taʼminlash maqsadida dasturga faqatgina cheklangan miqdordagi talabalar qabul qilinadi (yiliga 25–35 nafar talaba).
Dastur uchun talab qilinadigan asosiy bilimlar:
- Matematika: chiziqli algebra, hisoblash (calculus), statistika, diskret matematika;
- Dasturlash (Programming);
- Algoritmlar va maʼlumotlar tuzilmalari (Data structures);
- Hisoblash nazariyasi (Theory of computation);
- Kompyuter tarmoqlari (Computer networks);
- Kriptografiya asoslari.
Saralangan talabalar magistratura bosqichini 2026-yil avgust oʻrtalarida Norvegiyaning Trondheim shahrida joylashgan Norvegiya Fan va Texnologiyalar Universitetida (Norwegian University of Science and Technology) oʻqishni boshlashlari rejalashtirilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Kompyuter fanlari, axborot texnologiyalari yoki tegishli sohada bakalavr darajasiga ega boʻlish lozim;
- Minimal GPA talablariga javob beradigan yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlish kerak;
- Dastur toʻliq ingliz tilida olib borilganligi sababli nomzoddan TOEFL, IELTS yoki shunga teng darajadagi sertifikat talab etiladi:
- IELTS minimal 6,5 (writing minimal 6,0);
- TOEFL iBT (Internet-based Test) minimal 92;
- Pearson Test of English (PTE Academic) minimal 62;
- C1 Advanced (former Cambridge Certificate of Advanced English, CAE) minimal A,B yoki C daraja;
- C2 Proficiency (former Cambridge Certificate of Proficiency in English, CPE) minimal A, B, C yoki C1 daraja.
- Nomzod oʻqigan oliy taʼlim muassasa rasmiy ravishda tan olingan boʻlishi kerak;
- Ishtirokchi dastur va universitetning talablariga javob berishi soʻraladi.
Asosiy bilimlardan tashqari nomzodga afzallik beradigan qoʻshimcha bilimlar:
- Qoʻshimcha matematik bilimlar;
- Operatsion tizimlar;
- Taqqoslangan hisoblash (Distributed computing);
- Bulutli hisoblash va katta maʼlumotlar (Cloud computing & Big Data);
- Kiritilgan tizimlar (Embedded systems);
- Ilgʻor kompyuter tarmoqlari;
- Mashinani oʻrganish va maʼlumotlarni qazib olish (Machine learning & Data mining);
- Axborot xavfsizligi;
- Maʼlumotlar bazalari;
- Qonunlar, siyosat, inson omillari, axloq va xavf boshqaruvi.
Eslatma: Oliy taʼlim muassasasi tomonidan berilgan bakalavr darajasi 180 ECTS kreditiga teng yoki kamida 3 yil toʻliq kunduzgi taʼlimni qamrab olishi kerak. Ushbu daraja diplom berilgan mamlakatda magistratura bosqichida oʻqish huquqini berishi shart.
Yevropa Ittifoqi (EU) / Yevropa Iqtisodiy Hududi (EEA) davlatlaridan boʻlgan va hozirda oʻqishining soʻnggi bosqichida boʻlgan nomzodlar 2026-yil 31-iyulgacha bitirish sharti bilan ariza topshirish huquqiga ega. Agar nomzod belgilangan muddatda oʻqishni tugata olmasa yoki diplom sertifikatini taqdim eta olmasa, dasturga shartli qabul bekor qilinadi.
Foydali tomonlari
Dastur gʻoliblari qisman va toʻliq moliyalashtiriladi:
- Oʻqish toʻlovlari qoplanadi;
- Sayohat xarajatlari moliyalashtiriladi;
- Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya beriladi;
- Yevropada joylashgan universitetdan magistratura bosqichini oʻqish imkoniyati.
Hujjat topshirish
Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Talab qilinadigan hujjatlar:
- Bakalavr darajasi diplomining asl nusxasi yoki unga tenglashtirilgan taʼlim sertifikatining skanerlangan rangli nusxasi;
- Diplomning ingliz tiliga vakolatli tarjimasi;
- Rasmiy akademik transkriptlar va ularning ingliz tiliga qilingan tarjimasi;
- CV;
- Amaldagi pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- Yashash joyini tasdiqlovchi hujjat;
- Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat;
-
- Motivatsion xat (Kiberxavfsizlikka boʻlgan qiziqishni koʻrsatib beruvchi aniq maqsad bayonoti);
- Motivatsion video (davomiyligi 1 daqiqadan iborat maksimal hajmi 100 MB dan oshmagan boʻlishi kerak);
- 2 ta akademik yoki professional tavsiyanoma.
Ariza topshirish quyidagi bosqichlardan iborat:
- Dastur talablariga moslik tekshiriladi.
- Ariza topshirish uchun kerak boʻlgan barcha kerakli hujjat va videolar tayyorlanadi.
- Onlayn ariza topshiriladi.
- Til bilish boʻyicha test natijalari topshiriladi (agar kerak boʻlsa).
- Ariza uchun javoblar elektron pochta orqali tekshirib turiladi. Sababi kerak boʻlganda nomzoddan arizani toʻldirishi soʻralishi mumkin.
- Ariza barcha talablarga mos deb topilsa natijalar kutiladi. Barcha tanlangan nomzodlarga elektron pochta orqali xabar beriladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Email: contact@cybersure-master.eu.
Muhim sanalar:
- Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 6-yanvar, 2026-yil;
- Ingliz tili test natijalari CYBERSURE Qabul boʻlimiga yetib borishi uchun oxirgi muddat: 2026-yil 18-yanvar;
- Nomzodlar akademik koʻrsatgichlarga koʻra baholanadi: 2026-yil yanvar-fevral oylari;
- Tanlov natijalari 2026-yil mart oyining oʻrtalarida eʼlon qilinadi;
- Qabul taklifini qabul qilish uchun yakuniy muddat: 2026-yil 31-may.