Londondagi Kingʻs College oliygohida magistr va doktorantura darajasida oʻqish uchun toʻliq grant va yiliga £17,609 gacha stipendiya taqdim qiluvchi PGR International Studentships dasturi

Londondagi Kingʻs College oliygohida magistr va doktorantura darajasida oʻqish uchun toʻliq grant va yiliga £17,609 gacha stipendiya taqdim qiluvchi PGR International Studentships dasturi

  • 17/06/2021 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • 01.10.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

PGR International Studentships — Buyuk Britaniyadagi Kingʻs College London oliygohida MPhil/PhD kurslarida oʻqimoqchi boʻlgan xalqaro talabalar uchun grant dasturi. Dastur ilgʻor tadqiqotlar olib borish niyatida boʻlgan, yuqori salohiyat va kuchli potensialga ega boʻlgan talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. 

Grant dasturi gʻolib nomzodning tanlagan yoʻnalishi boʻyicha universitetda oʻqish toʻlovlarini toʻliq qoplaydi va yillik 17,609 funt-sterling miqdorida stipendiya, tadqiqot xarajatlari uchun qoʻshimcha 5000 funt-sterling miqdoridagi mablagʻ bilan taʼminlaydi.

Maqbullik shartlari

  • Buyuk Britaniya fuqarosi boʻlmasligi;
  • Koʻrsatilgan fakultetlardan birida Londonning Kingʻs College oliygohiga MPhil/PhD dasturida toʻliq vaqtda oʻqish uchun ariza topshirishi;
  • 2022-yil 31-yanvargacha MPhil/PhD ilmiy darajasi uchun oʻqish uchun taklif xatini taqdim etishi lozim. 

Foydali tomonlari

Grant gʻoliblari MPhil/PhD kursida oʻqish vaqtida(4 yilgacha) quyidagi imtiyozlarga ega:

  • Toʻliq xalqaro universitetda oʻqish toʻlovlari
  • 2021-2022-oʻquv yili uchun yillik stipendiya (UKRI darajasida): £17,609 (taxminan $24300)
  • Tadqiqot xarajatlari: loyihaga qarab, yiliga £5000 (taxminan $6900) gacha.

Hujjat topshirish

Quyidagi bosqichalarda onlayn tarzda hujjat topshirish lozim:

  1. Kingʻs College rasmiy saytida kerakli yoʻnalishni tanlang.
  2. Onlayn ariza berish tizimi — Kingʻs Apply orqali tanlangan yoʻnalishdagi MPhil/PhD kursiga hujjat topshiring.
  3. Onlayn arizaning “Award Scheme Code or Name” qismiga “2122-INTCDS” kodini kiritishingiz lozim.
  4. Onlayn arizaning “Funding” boʻlimiga grant uchun toʻldiriladigan maxsus formani yuklang. Ushbu havola orqali maxsus formani yuklab olishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • Onlayn ariza;
  • Avvalgi taʼlim bosqichlari diplomlari;
  • Akademik transkript;
  • Tadqiqot taklifi(rejasi);
  • Shaxsiy bayonot;
  • Tavsiyanoma
  • Ingliz tili bilish darajasini baholovchi sertifikat ( IELTS min 7.0)

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Tanlov gʻoliblariga 2022-yil 1-mart kuni elektron pochta orqali xabar beriladi.

Grant jami 9 nafar nomzodga taqdim etiladi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: doctoralstudies@kcl.ac.uk  

Buyuk Britaniya
Londondagi Kingʻs College oliygohida magistr va doktorantura darajasida oʻqish uchun toʻliq grant va yiliga £17,609 gacha stipendiya taqdim qiluvchi PGR International Studentships dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar