Magistratura va PhD bosqichida o‘qish uchun BAAning Mohamed bin Zayed nomidagi sunʼiy intellekt universitetidan to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

Magistratura va PhD bosqichida o‘qish uchun BAAning Mohamed bin Zayed nomidagi sunʼiy intellekt universitetidan to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

  • 01/01/1970 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Birlashgan Arab Amirliklari Davlat
  • 15/04/2021 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Mohamed bin Zayed nomidagi sunʼiy intellekt universiteti (MBZUAI) ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, sunʼiy intellektdan foydalanish, bu boradagi magistrlik va doktorlik tadqiqotlarini olib borishni oʻz oldiga maqsad qilgan. Mahalliy va xorijiy talabalar uchun magistratura va PhD bosqichini BAA da davom ettirishni istaganlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan grant dasturini taqdim etadi.

Maqbullik shartlari

  • Millatidan va davlatidan qatʼiy nazar barcha talabalar ariza topshirishi mumkin;
  • Oldingi semestrni oʻrtacha 3.2 yoki 3.5 va undan yuqori ball bilan tugatgan boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini bilish darajasiga koʻra 2021-yil kuzidan boshlab TOEFL iBT minimal jami 90 ball, IELTS eng kami 6,5 va EMSAT eng kami 1 550 ball natijalariga ega sertifikatlarining nusxalarini taqdim etishlari lozim.

Foydali tomonlari

Barcha xarajatlar MBZUAI tomonidan qoplab beriladi. Ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • 100% lik oʻqish toʻlovi;
  • Oylik stipendiya;
  • Turar joy;
  • Tibbiy sugʻurta

Eslatma: Yuqoridagi ikki bosqich talabalari magistrlik uchun kamida 6 ta kredit, PhD uchun esa 9 ta kreditni toʻldirishlari talab etiladi.

Hujjat topshirish

Topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • Bakalavr diplomi ;
  • Bakalavr darajasi haqida rasmiy transkript;
  • Magistratura diplomi;
  • Magistratura darajasi haqida rasmiy transkript;
  • Tadqiqot bayonoti (PhD);
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS, TOEFL, EMSAT);
  • GRE sertifikatining mavjudligi (ixtiyoriy).

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Yuqori darajadagi talabalar transkript va bitiruv xati nusxalari bilan ariza topshirishi mumkin va oʻqishga qabul qilingandan keyin rasmiy ravishda toʻldirilgan darajadagi sertifikat va transkriptni topshirishlari kerak. Universitetda birinchi semestrda diplomni sertifikatlash (BAA darajalari uchun) yoki ekvivalentlik sertifikati (BAAdan tashqarida olingan darajalar uchun) taqdim etilishi kerak.

Shuningdek, talabalardan nima uchun MBZUAI universitetida oʻqishni davom ettirishni istayotgani, hujjat topshirish uchun motivatsiya, shaxsiy va akademik maʼlumot, yutuqlar, mukofotlar va boshqalar haqida soʻraladi. Istiqbolli talaba sifatida maqsadlari, dasturni tamomlagandan keyingi rejalarini oʻz ichiga oluvchi 800 soʻzdan iborat insho yozishlari talab qilinadi. Saralangan talabalar oʻz sohalariga doir savollar bilan suhbatdan oʻtkaziladi.

Oxirgi muddat:

Kompyuter ilmi va mashinaviy dasturlarni oʻrganish (Computer Science and Machine Learning programs) kurslari uchun — 15.04.2021

Tabiiy tilni qayta tiklash dasturlari (Natural Language Processing programs) kurslari uchun – 15.05.2021

Birlashgan Arab Amirliklari
Magistratura va PhD bosqichida o‘qish uchun BAAning Mohamed bin Zayed nomidagi sunʼiy intellekt universitetidan to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar