Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish” dasturi boʻyicha ilmiy tadqiqot grantlari uchun 2-turga eʼlon berishini maʼlum qiladi. Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi tadqiqotchilar tomonidan taqdim etiladigan tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi” mahalliy va xalqaro tadqiqotchilarning (jumladan, chet eldagi oʻzbek olimlarining) qoʻshma tadqiqot takliflarini, yosh tadqiqotchilarning mamlakatni kelajakdagi tadqiqot salohiyatini yanada boyitishga qaratilgan takliflarini maqullaydi.
Tanlov ikki asosiy mezonlar boʻyicha amalga oshiriladi: ilmiy yutuqlar nuqtayi nazaridan beriladigan takliflar va ijtimoiy yoki iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan hamda ayrim ijtimoiy muammolarni hal qilishga xizmat qiladigan takliflar kiradi. Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi doirasida taqdim etilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tanlovni nufuzli olimlardan hamda venchur moliyalashtirish, tadbirkorlik va siyosat, ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi tajribali mutaxassislardan tashkil topgan Xalqaro ekspertlar kengashi amalga oshiradi.
Tanlov qayta tiklanuvchi energiya (renewable energy), energiya samaradorligini oshirish (energy efficiency), past uglerodli texnologiyalar (low-carbon technologies), biotexnologiyalar (biotechnologies), tibbiyot va sogʻliqni saqlash (medicine and healthcare), qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat (agriculture and food), sunʼiy intellekt (artificial intelligence), AKT (ICT) va boshqa ilmiy va texnologik rivojlanishga qaratilgan loyihalarni jalb qilish uchun amalga oshirilishi kutilmoqda.
Dastur bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.