Tavsif
Davlat ekologiya qoʻmitasi, BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamgʻarmasining “Oʻzbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati boʻlmagan energiya samarador texnologiyalarini joriy etish orqali GXFUni butunlay isteʼmoldan chiqarish” qoʻshma loyihasi doirasida “Ozon qatlami va hayot” (“The Ozone Layer and Life on Earth”) deb nomlangan ozon qatlamini muhofaza qilishga bagʻishlangan xalqaro ilmiy maqolalar tanlovi eʼlon qilindi. Tanlovga 2022-yil 1-martdan 2022-yil 31-iyulga qadar ushbu mavzuda ilmiy ish olib borgan yoki olib bormoqchi boʻlgan bakalavr, magistr va doktorantlardan veb-platformalarda yoki ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalari qabul qilinadi.
Tanlovning maqsadi:
- Ozon qatlami haqida aholining xabardorligini oshirish;
- Ozon qatlamining barcha tirik organizmlar (oʻsimlik va hayvonot dunyosi) hayotidagi ahamiyati va ozon qatlamining yemirilishi oqibatlarini koʻrsatish;
- Ozon qatlamini himoya qilishda ayollarning rolini oshirish;
- Ozon qatlamini muhofaza qilishda ekologik xabardorlikni va masʼuliyatni oshirish.
Tanlov ikki nominatsiya boʻyicha boʻlib oʻtadi:
- Markaziy Osiyo muammolari boʻyicha eng yaxshi maqola;
- Eng yaxshi xalqaro ilmiy maqola;
- G'oliblarning har biriga noutbuk sovg'a qilinadi.
Maqolalar 2022-yil 1-avgustga qadar yuborilishi kerak.
Tanlov haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olish mumkin.