Rassom va ijodkorlar uchun Shveysariyada professional rivojlanish imkoniyatini beruvchi Chateaux Mercier dasturi. Oyiga 1500 CHF miqdorida stipendiya beriladi

Rassom va ijodkorlar uchun Shveysariyada professional rivojlanish imkoniyatini beruvchi Chateaux Mercier dasturi. Oyiga 1500 CHF miqdorida stipendiya beriladi

  • 01/01/2023 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Shvetsariya Davlat
  • 30.06.2023 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Fransuz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Shveysariyaning Sierre shahrida qurilgan Ruffieux villasi 2011-yildan boshlab butun dunyo rassomlari tashrif buyurib tadqiqot qiladigan maskanga aylantirildi. Ushbu villani aynan shunday tadqiqot markaziga aylantirishdan asosiy maqsad — Yevropa madaniyat markazlari tarmogʻining shakllantirishdir.

Ushbu dasturga butun dunyodan yoshi va millatidan qatʼi nazar barcha sanʼat soha vakillari tashrif buyurib izlanish olib borish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Dastur nomzodlar uchun oyiga 1500 CHF miqdorida stipendiya ajratadi. Shuningdek, Shveysariyada qolib izlanish olib borishlari uchun barcha zarur turar-joy, ofis, ofis jihozlari bilan taʼminlaydi.

  • Nomzodlar tibbiy va baxtsiz hodisalar uchun sugʻurta xarajatlarini oʻzlari qoplashlari soʻraladi;
  • Hujjatlar har yili 30-iyun sanasiga qadar qabul qilinadi va javoblari sentyabr oyida eʼlon qilinadi;
  • Nomzodlar dasturga qabul qilinganlaridan soʻng eng kamida 1 oydan 3 oygacha tadqiqotlarini Shveysariyada davom ettirishlari kerak;
  • Tadqiqot davomida biror aniq loyiha tanlanib dastur davomida nihoyasiga yetkazilishi kerak;
  • Izlanuvchilar oʻz loyihalarini koʻrgazma, konsert, spektakl, seminar yoki konferensiya va boshqa shaklda ommaga ochiq qilib qoʻyishlari maqsadga muvofiq.

Dastur haqida batafsil maʼlumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturga yoshidan qatʼi nazar tasviriy sanʼat, musiqa, kompozitsiya, ovoz yozish sanʼati, adabiyot, teatr yoki kino sohasida faoliyat yurituvchi barcha professional rassomlar ariza yuborishlari mumkin;
  • Shuningdek, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar va olimlar ham qabul qilinadi;
  • Nomzodlar dasturga qabul qilinganliklaridan soʻng Shveysariyada eng kamida1 oydan 3 oygacha boʻlgan muddatda tadqiqot olib borishlari kerak.

Dastur shartlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Dastur nomzodlar uchun tadqiqot davomida turar-joy, tadqiqotlari uchun kerakli ofis xarajatlarini qoplaydi;
  • Shuningdek, turar-joylariga borib-kelish uchun yoʻl xarajatlarini va oyiga 1500 CHF miqdorida stipendiya bilan taʼminlaydi;
  • Dastur davomida ishtirokchilarga oʻz sohalarining yetuk mutaxassislari bilan tanishish imkoniyatini berish uchun kechki ovqatlar bepul tashkil qilinadi.

Dastur imtiyozlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.

Hujjat topshirish

Nomzodlar dastlab ushbu havola orqali ariza shaklini toʻldirishlari soʻraladi.

Ariza shaklini ingliz yoki fransuz tilida toʻldirish mumkin (qaysi tilda toʻldirish ixtiyoriy).

Kerakli hujjatlar roʻyxati:

  • Motivatsion xat;
  • Rezyume;
  • Portfolio (.pdf formatida);

Eslatma:

  • Barcha hujjatlar tayyor boʻlganidan soʻng air.villaruffieux@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi shart;
  • Chala toʻldirilgan hujjatlar koʻrib chiqilmaydi va nomzodlar oʻz-oʻzidan dasturga qabul qilinmaydilar;
  • Nomzodlar yuborgan hujjatlar sentyabr oylarida hakamlar hayʼati tomonidan koʼrib chiqiladi va javoblar eʼlon qilinganidan soʻng hech qanday eʼtirozlar qabul qilinmaydi;
  • Dasturga hujjat yuborishning soʻngi kuni 2022-yil 30-iyun.

Ariza yuborish jarayonlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Tadqiqotchilar izlanish davomida tura-joylariga mustaqil oʻzlari borib-kelishlari va ofislarini ham mustaqil tanlab ishlashda davom etishlari mumkin. Bu jarayonda qandaydir savollar paydo boʻlsa, dastur koordinatoriga villaruffieux@gmail.com ushbu elektron pochta orqali murojaat qilishlari mumkin.

Yashash joyi haqida batafsil bu yerda bilib olish mumkin.

Yashash joyi bilan bog'liq ma'lumotlarni bu manzillar orqali ham olish mumkin:

Fondation du Château Mercier
Case postale 403
3960 Switzerland
Suisse

Tel. +41 27 452 23 23
Fax. +41 27 452 23 33

Mail : fondation@chateaumercier.ch   

Shvetsariya
Rassom va ijodkorlar uchun Shveysariyada professional rivojlanish imkoniyatini beruvchi Chateaux Mercier dasturi. Oyiga 1500 CHF miqdorida stipendiya beriladi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar