Tavsif
“Red Bull Basement” - bu “Red Bull” kompaniyasining yirik xalqaro tadbiri, uning milliy hamkori IT Park hisoblanadi. Tanlov doirasida yosh talabalar — ishtirokchilar dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartira oladigan qiziqarli, ijodiy va eng muhimi, texnologik gʻoyalarni taqdim etishlari kerak.
Maqsad — oʻquvchilarni birlashtirib, ularni konstruktiv tarzda hozir va kelajakda dunyoga ijobiy taʼsir koʻrsatishga undash.
Tanlovda qatnashish uchun tadbirkor yoki ixtirochi boʻlish shart emas — Oʻzbekiston fuqaroligiga ega boʻlgan barcha talabalar qatnashishlari mumkin.
Eng qiziqarli nuqtasi xalqaro final bosqichi boʻladi, unda finalchi jamoalar oʻz gʻoyalarini xalqaro hakamlar hayʼatiga taqdim etishadi. Loyihaning barcha bosqichlarida ishtirokchilar foydali aloqalar oʻrnatish, ekspert maslahatlari va boshqa koʻp narsalarni olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
G'oyalar turli yo‘nalishda bo‘lishi mumkin, masalan, tana va ong, suv ifloslanishiga qarshi kurash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, ta’lim, odamlarni huquq va imkoniyatlari, energiya manbalari, aqlli shaharlar haqida.
2021-yilgi Xalqaro final g‘olibi unvoniga sazovor bo‘lgan jamoa o‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maxsus resurslarga ega bo‘ladi.