Saudiya Arabistonida magistratura yoki PhD darajasida bepul ta'lim olish imkoniyatini taqdim etuvchi King Fahd  University graduate scholarships dasturi

Saudiya Arabistonida magistratura yoki PhD darajasida bepul ta'lim olish imkoniyatini taqdim etuvchi King Fahd University graduate scholarships dasturi

  • 25/01/2022 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Saudiya Arabistoni Davlat
  • 16.02.2022 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 6

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Saudiya Arabistonidagi top universitatlardan biri King Fahd University of Petroleum and Minerals (KFUPM) aspirantura dekanati tomonidan muhandislik, ilm-fan va biznes sohalarida ilg'or ilmiy tadqiqotlar o'tkazish uchun yuqori salohiyatga ega bo'lgan nomzodlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida MS(Master of Science) va PhD scholarships stipendiyalari taqdim etiladi. Stipendiyaga nomzodlik qilish uchun talabalar yuqori akademik yutuqlar va ish tajribasiga ega bo'lishi lozim.

Stipendiya talabaning o'qish to'lovini to'liq qoplaydi, turar-joy, oylik stipendiya va universitetda qo'shimcha imtiyozlarga ega bo'ladi

Maqbullik shartlari

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  • Universitetning magistratura / PhD darajasida o'qish talablariga mos kelish;
  • GPA 4.0 dan minimum 3 bo'lishi
  • 4 yilllik bakalavr darajasi - magistratura uchun; bakalavr va magistrlik darajasi - PhD uchun.

Universitetning qo'shimcha talablari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Foydali tomonlari

  • Universitetda o'qish to'lovi;
  • Yashash xarajatlarini qoplash uchun oylik stipendiya;
  • Turar-joy;
  • Asosiy tibbiy yordam;
  • Bepul darsliklar va universitetda o'qish davomidagi qo'shimcha imtiyozlar.

Hujjat topshirish

Nomzodlar universitetda magistratura yoki PhD darajasida o'qish uchun qo'yilgan talablarga mos kelishi va hujjat topshirishi lozim. Stipendiyaga nomzodlik qilish uchun onlayn ariza va kerakli hujjatlar taqdim etilgan bo'lishi kerak.

Quyidagi hujjatlarni taqdim etish majburiy:

  • Passport/ID nusxasi
  • PhD darajasida o'qish bakalavr va magistratura ilmiy darajalari uchun rasmiy transkriptlar (magistratura uchun faqat bakalavr darajasi transkripti);
  • Maqsad bayonoti - professional faoliyati va tadqiqot maqsadlariga bag'ishlangan bir sahifali insho;.
  • Tavsiyanomalar - 3ta
  • CV;
  • GMAT ballari - MBA uchun.
  • Fotosurat.

Qo'shimcha hujjatlar:

  • IELTS/TOEFL sertifikatlari
  • GRE/GMAT

Onlayn ariza to'ldirish bo'yicha qo'llanma bilan tanishib chiqing.

Dedlaynlar haqida ma'lumot ushbu havolada.  

Qoʻshimcha maʻlumotlar

O'qishga ikki mavsum: bahor va kuz qabullari bo'lib, ushbu ma'lumotlar 2022-yil kuz mavsumi uchun taqdim etildi.

Saudiya Arabistoni
Saudiya Arabistonida magistratura yoki PhD darajasida bepul ta'lim olish imkoniyatini taqdim etuvchi King Fahd University graduate scholarships dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar