Tavsif
"Search for common ground" nodavlat notijorat tashkiloti va “Istiqlol avlodi” nodavlat notijorat tashkiloti Jizzax shahrida, Namangan va Samarqand viloyatlarida istiqomat qilayotgan urush zonalaridan repatriatsiya qilingan fuqarolarni reabilitatsiya qilish va reintegratsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun grantlar ajratish uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov shu yo'nalishda faoliyat olib boruvchi mahalliy NNT (yuridik shaxslar) o'rtasida amalga oshiriladi.
Mazkur loyiha Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko'magida "Search for common ground" va "Istiqlol avlodi" NNT tomonidan amalga oshirilayotgan "Markaziy Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash" loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Grantlar tanlov asosida beriladi. Grantlar berish qurolli mojarolar hududlardan qaytganlarni huquqiy, psixologik va ijtimoiy reabilitatsiya va reintegratsiyasi uchun zarur moddiy ta'minlashga qaratiladi.
Grant-loyhalar quyidagi doirada amalga oshirilishi so'raladi:
- Repatriantlarga psixologik, huquqiy va moddiy yordam ko'rsatish va psixologik jarohatni davolashda yordam berishga qaratilgan sessiyalar;
- Repatriantlar uchun qulay muhit yaratish va rag'batlantirishga qaratilgan tadbirlar;
- Repatriantlarning ijtimoiy va iqtisodiy reintegratsiyasiga qaratilgan tadbirlar;
- Qaytganlarni o'qitish va ish bilan ta'minlashga qaratilgan tadbirlar.
Repatriantlarga, ayniqsa, bolalarga ta'lim olish imkoniyatini berishga qaratilgan tadbirlar.
Loyihaning manfaatli tomonlari, qo'shimcha talablar va kerakli ilovalar bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.