CGIAR Accelerate for Impact platformasi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligiga oid AgriTech yechimlari ustida ishlayotgan tadbirkor va tadqiqotchilar salohiyatini ochishga qaratilgan AgriTech4Uzbekistan Innovation Challenge tanlovini taqdim etadi. Ushbu tanlov ICARDA, IWMI hamda Bioversity International Alliance va CIAT koʻmagida IT Park, innoWIUT, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturi, Oʻzbekiston venchur moliyalashtirish assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda oʻtkaziladi. Tanlov ishtirokchilaridan oʻz loyihalari bilan Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi qishloq xoʻjaligini yanada samaraliroq va iqlim oʻzgarishiga chidamliroq boʻlishi uchun hissa qoʻshishlari kutilmoqda. Dastur ishtirokchilarga keng qamrovli resurslarni taklif etadi, shuningdek, tadqiqotchilarga biznes treninglar, texnik yordam va moliyaviy yordam berish orqali yanada rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydi. Dastur olti oy davom etishi rejalashtirilgan.
Saralash bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Arizalar qabul qilish 2023-yil 8-iyundan 9-iyulgacha davom etadi (iyun-iyul).
2. Saralash — 20 ta eng yaxshi deb topilgan innovatsiyalar va 2 ta CGIAR boshchiligida yaratilgan innovatsiyalar belgilangan mezonlar asosida saralanadi (iyul).
3. Bootcamp — tanlangan jamoalar Toshkentda toʻliq moliyalashtirilgan 3 kunlik bootcampda ishtirok etadilar. Ularga texnik yoʻl-yoʻriq koʻrsatiladi, mentorlar bilan taʼminlanadi va loyiha taqdimotiga tayyorgarlik koʻrish uchun treninglar oʻtkaziladi (iyul).
4. Saralash — eng yaxshi 10 nafar finalchilar tanlov qoʻmitasi tomonidan roʻyxatga olinadi va bootcamp yakunlangan kuni eʼlon qilinadi. Ularga tezlashtirilgan dasturga kirish huquqini beriladi (iyul).
5. Tezlashtirilgan dastur — ushbu dasturda biznes treninglar oʻtkaziladi, texnik yordam beriladi va tajriba oʻtkazish boʻyicha homiylik qilinadi (avgust-noyabr).
6. Demo kuni — 10 nafar innovatorlar soha boʻyicha oʻz loyihalarni sarmoyadorlar, soha mutaxassislari, olimlar, davlat muassasalari va ommaviy axborot vositalari oldida taqdim etadilar (noyabr).
7. Tezlashtirilgan dasturdan keyingi yordam — gʻoliblar 30 000 AQSh dollari miqdorida grant yutadilar hamda keyinchalik ham mentorlar yordamidan foydalanish va CGIAR bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Taqdim etiladigan innovatsiyalarga qoʻyilgan talablar:
Tanlovga quyidagi yechimlar taqdim etilishi kutilmoqda:
Eslatma: Yuqoridagi talablar tanlovga qoʻyilgan umumiy talablar hisoblanadi. Shuning uchun maqbullik shartlari bilan batafsil tanishib chiqish lozim.
Ishtirokchilarga qoʻyilgan talablar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Muhim: Faqatgina rivojlanishining ilk bosqichda boʻlgan loyiha egalari bootcamp va tezlashtirilgan dasturda ishtirok etishi mumkin.
Email: info@agritechchallenge.org
Oxirgi muddat: 23-iyulgacha uzaytirildi, 2023-yil.