The New York Public Libraryda $75,000 stipendiya toʻlanadigan 9 oylik Fellowships at the Cullman Center dasturi

The New York Public Libraryda $75,000 stipendiya toʻlanadigan 9 oylik Fellowships at the Cullman Center dasturi

  • 01/06/2022 Qabul boshlanishi
  • Stipendiya Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 30/09/2022 17:00 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

The New York Public Library olimlar va yozuvchilarga AQShdagi ushbu kutubxonada amaliyot oʻtash imkonini beruvchi dasturni eʼlon qiladi. Nomzodlar kutubxonaning Stephen A. Schwarzman Buildingda faoliyat yuritishadi. Kutubxona oʻzining turli sohaga oid boy kitoblar manbai bilan mashhurdir. Bu yerda antropologiya, sanʼat, geografiya, tarix, tillar va adabiyot, falsafa, siyosat, ommaviy madaniyat, psixologiya, din, sotsiologiya, sport va boshqa sohalar boʻyicha kitoblar mavjud.

Dasturda ijodkor yozuvchilar, kitob yozish va yaratilishiga oid sohaga aloqador ingliz tilini biladigan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar 9 oy davomida 2022-yil 6-sentyabrdan 2023-yil 26-maygacha The New York Public Libraryda faoliyat olib borishadi. Dastur uchun 15 kishi saralab olinadi va ishtirokchilarga 75,000 dollar stipendiya taqdim etiladi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dastur ishtirokchilari quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • Dasturda akademiklardan tortib mustaqil faoliyat yurituvchi olimlar, jurnalistlar, ijodkor yozuvchilar (yozuvchi, dramaturg, shoir), tarjimonlar, rassomlargacha ya'ni kitob yozish va yaratishga aloqador sohada ishlaydigan barcha qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar ingliz tilini bilishlari kerak. Ariza shakli ham ingliz tilida toʻldiriladi;
  • Ishtirokchilar kutubxonaning Stephen A. Schwarzman Building binosida ishlashlariga toʻgʻri kelishi mumkin;
  • Hozirda o'qiyotgan darajasi boʻyicha tadqiqot olib borayotgan nomzodlar ishtirok eta olishmaydi;
  • Kutubxona sifatli yozilgan ishlarni qidiradi. Dastur kutubxona, undagi jamoat forumlari va stipendiantlarning nashr etilgan ishlari orqali markaz faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan;
  • Kutubxona dasturga turli xil irq, etnik kelib chiqishi, yoshi, jinsi va iloji boricha turli sohalardagi insonlarni jalb qilishga harakat qiladi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dastur ishtirokchilariga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Dastur sovrindoriga $75,000 miqdorda stipendiya beriladi;
  • Ishtirokchida kompyuter bilan taʼminlangan ofisda ishlash imkoniyati boʻladi;
  • Gʻoliblar kutubxonadagi barcha qogʻoz va elektron kitoblardan foydalana oladilar;
  • Ishtirokchilar 9 oy davomida 2022-yil 6-sentyabrdan 2023-yil 26-maygacha The New York Public Libraryning binolaridan birida faoliyat olib borishadi;
  • Dastur gʻoliblari kutubxonaga taklif qilingan mehmonlar va boshqa stipendiatlarga tushlik jarayonida oʻzlarining ish jarayonlari haqida nutq soʻzlashlari mumkin boʻladi;
  • The New York Public Library hududidagi boshqa dasturlarda ham ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritishadi.

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Nomzodlar 2022-yil 30-sentyabr soat 17:00ga qadar onlayn roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻladi. Belgilangan muddatdan keyin topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.

Dasturga ariza topshirish uchun quyidagilar talab qilinadi:

-Dasturda qatnashish maqsadi aks etgan xat (research proposal);

-CV;

-Tavsiyanoma;

-Ijodiy yozilgan ish yoki sanʼat ishi namunasi.

Dasturga ushbu havola orqali onlayn ariza topshirish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

The Stephen A. Schwarzman Building at Fifth Avenue va 42nd Streetda joylashgan ish amalga oshirilayotgan kutubxonadagi maʼlumotlar bazasiga ushbu havola orqali kirish mumkin.

Dastur boʻyicha qoʻshimcha savollar, texnik muammolar boʻlgan taqdirda csw@onlineapplicationportal.com manzili orqali javob olish mumkin.

Dasturning rasmiy sahifasida avvalgi ishtirokchilarning shaxsiy fikrlari bilan tanishib chiqish mumkin.

Dastur haqidagi batafsil maʼlumotlarni ushbu havola orqali topish mumkin.

Dastur haqidagi maʼlumotlarni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borish mumkin:

-facebook;

-twitter;

-instagram;

-you tube;

AQSh
The New York Public Libraryda $75,000 stipendiya toʻlanadigan 9 oylik Fellowships at the Cullman Center dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar