Umumiy maʻlumotlar
WikiMarafon va “Edu Action” bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan “Wiki IELTS” tanlovi oʻzbekcha Vikipediya sifatini oshirish, ingliz tiliga qiziqishi yuqori boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan, 6 ta gʻolibni tanlab olib mutlaqo bepul IELTS imtihonida ishtirok etish imkoni taqdim etilishi rejalashtirilgan ijtimoiy loyiha hisoblanadi.
Tanlovda 16 yoshga toʻlgan istalgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi qatnashishi mumkin. Tanlov shartlari juda oddiy boʻlib, dastlab @WikiTanlov_bot orqali roʻyxatdan oʻtish, berilgan matnni oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilib, qayta yuklab qoʻyish kerak boʻladi. Edu Action tomonidan IDP IELTS uchun free seat (bepul IELTS imtihoni topshirish imkoniyati) taqdim etiladi.
Loyiha davomiyligi – tanlov 2024-yil 15-sentyabrdan 30-sentyabrgacha davom etib, natijalar 15-oktyabrgacha eʼlon qilinadi.
Dastur bilan ushbu havola orqali toʻliq tanishish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Tanlovda 16 yoshga toʻlganlar ishtirok etishlari mumkin;
- Tanlovda istalgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi qatnashishi mumkin;
- WikiMarafonning boshqa ost va yon-loyihalarida qatnashayotganlar ham “Wiki IELTS” loyihasida ishtirok eta olishi mumkin.
Foydali tomonlari
Tanlov gʻoliblari quyidagi imkoniyatlarni qoʻlga kiritadi:
- Edu Action tomonidan IDP IELTS uchun free seat (bepul IELTS imtihoni topshirish imkoniyati) taqdim etiladi;
- Loyihaning zaxira tarjimon kadrlari qatoriga qoʻshiladi;
- Tanlov gʻoliblari IDP IELTS uchun bepul IELTS imtihoni topshirish imkoniyati 3 oy muddat ichida topshirish imkoni boʻladi;
- Gʻolib IDP IELTS uchun bepul IELTS imtihoni topshirish imkoniyatini faqat oʻzi ishlatishi mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturda ishtirok etish jarayoni quyidagicha:
- “Wiki IELTS” tanlovida ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar @WikiTanlov_bot orqali roʻyxatdan oʻtadi (@WikiTanlov_bot WikiMarafon jamoasi tomonidan tayyorlanadi);
- Havola orqali kirilgach tizimda “Matnni olish” tugmasini bosib 400-500 soʻzdan iborat matn olinadi va uni oʻzbek tiliga tarjima qilib tizimga yuklash kerak boʻladi;
- Tizimdan matn olingach uni 5 kundan keyin yaʼni 6-kuni joylash imkoni boʻladi. Bu orada matn tarjima qilinib, joylash uchun tayyor qilinish kerak boʻladi. 5 kun davomida tizim yopiq boʻladi va ochilganidan soʻnggina berilgan vazifani yuklash imkoni boʻladi;
- Tanlov davomida har bir ishtirokchi bir dona matn tarjima qilish orqali ishtirok etadi. Tizimga joylashda ham qayta tahrir qilish imkoni mavjud emas. Bunda tarjima qilingan matn joylanishi bilanoq avtomatik ravishda tizim ishtirokchi uchun yopiladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Tanlovni baholash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
- Tanlov jarayonida ishtirokchilarning tarjimonlik mahorati baholanadi. Tarjima qilingan ishlar loyiha tarjimonlari hamda tashkiliy jamoa aʼzolari tomonidan umumiy baholash tizimi asosida baholanadi hamda eng munosib ishtirokchilar taqdirlanadi;
- Matn oʻzbek tili imlo va grammatik qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. Barcha ishoraviy belgilarning qoʻllanilishi ham muhim ahamiyatga ega. Matnning imloviy jihatdan mukammal boʻlishi gʻolib boʻlishga ustunlik beradi.
Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham maʼlumot olish mumkin:
- Telegram;
-Instagram;
-YouTube;
-Linkedin;
-Veb sayt.