Umumiy maʻlumotlar
Xitoy davlati Harbin politexnika universitetida oʻqish uchun China Link Scholarship dasturini eʼlon qiladi. Dastur xitoyliklar va yosh xorijiy vakillar oʻrtasida millatlararo akademik doʻstlik aloqalarini mustahkamlash, ularning Xitoyda akademik faoliyat va tadqiqot olib borishlarini taʼminlash maqsadida tashkil qilingan. Grantda ikki kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
- General Scholar: Bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olishni xohlovchi nomzodlar uchun;
- Senior Scholar: Doktorantura bosqichida tahsil olishni xohlovchi nomzodlar uchun.
Dasturda jismonan va ruhan sogʻlom, yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega, Xitoy Grantlar Konsulligi (China Scholarship Council) bilan hamkor xorij universitetida kunduzgi taʼlimda oʻqiydigan yoki ishlaydigan nomzodlar ariza topshirishlari lozim. Grant sohiblariga kontrakt, turar-joy, tibbiy sugʻurta va oylik stipendiyani oʻz ichiga olgan toʻliq grant taqdim etiladi. Dastur 1 oydan 12 oygacha davom etadi. Ishtirokchilar 2025-yil 31-avgustgacha Xitoyga yetib borishadi. Talabalar ingliz yoki xitoy tilida xitoy tilini oʻqitishdan boshqa barcha yoʻnalishlarda tahsil olishlari mumkin boʻladi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Xitoy Respublikasi fuqarosi boʻlmaslik lozim;
- Jismonan va maʼnan sogʻlom boʻlish kerak;
- Yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlish zarur;
- Bakalavr va magistraturada oʻqimoqchi boʻlgan nomzodlar 45 yoshdan oshmagan boʻlishi; doktorantura uchun nomzodlar 50 yoshdan oshmagan boʻlishi kerak;
- Ariza topshirish va Xitoyda oʻqish vaqtida Xitoy Grant Konsulligi (China Scholarship Council) bilan hamkor xorij universitetida kunduzgi taʼlimda oʻqiydigan yoki ishlaydigan boʻlish zarur. China Scholarship Council bilan hamkor xorij universitetlari roʻyxati haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin;
- Xitoy Harbin politexnika universiteti qabul/taklif xatini taqdim etish kerak.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturda gʻolib boʻlgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
- Xitoyda oʻqish davomida toʻliq grant taqdim etiladi;
- Kontrakt puli grant maʼmuriyati tomonidan qoplanadi;
- Turar-joy bilan taʼminlanadi;
- Tibbiy sugʻurta qilinadi;
- Oylik stipendiya beriladi (General Scholar kategoriyasi uchun 3000 yuan, Senior Scholar kategoriyasi uchun 3500 yuan).
Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturga ro'yxatdan o'tish jarayonida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Passportning asosiy sahifasi: Nomzod yaroqli pasporti asosiy sahifasining tiniq skaner qilingan shakli;
- Oliy ta'lim sertifikati: Ayni damda o'qib turgan Xitoy Grant Konsulligi (China Scholarship Council) bilan hamkor xorij universitetdan olingan sertifikat;
- Baholar transkripsiyasi;
- O'quv rejasi: Kamida 500 so'zdan iborat ingliz yoki xitoy tilida yozilgan o'quv rejasi bayonoti yoki tadqiqot tasnifi;
- Chet elga chiqish uchun jismoniy ko'rik ma'lumotnomasi: Xitoyda 6 oydan ortiq yashashni reja qilayotganlar ushbu ma'lumotnoma nusxasini ingliz yoki xitoy tilida joylashlari lozim. Xitoyda 6 oydan kam qolishni reja qilayotgan nomzodlar shunchaki sog'lomlik to'g'risidagi ma'lumotnoma taqdim etishlari mumkin;
- Jinoyat sodir etmaganlik to'g'risida hisobot: Xitoyda 6 oydan ortiq qolishni reja qilayotganlar mahalliy hokimiyatdan jinoyat sodir etmaganlik to'g'risida hisobot, undan kam qolishni reja qilayotgan nomzodlar esa shunchaki jinoyat sodir etmaganlik to'g'risidagi ma'lumotnomaning nusxasini taqdim etishlari kerak bo'ladi;
- Taklif yoki qabul xati: Xitoyning Harbin politexnika universiteti tomonidan taqdim etilgan taklif yoki qabul xati (ixtiyoriy);
- Chop etilgan maqola va ilmiy ishlar (ixtiyoriy);
- Til bilish to'g'risidagi sertifikat (ixtiyoriy);
- Qo'shimcha hujjatlar (ixtiyoriy).
Dasturga ro'yxatdan o'tish jarayoni quyidagicha:
- Avvalambor, Xitoy Harbin politexnika universiteti tomonidan taqdim etilgan taklif yoki qabul xatini olish va uni yuklash kerak;
- Nomzodlar Chinese Government Scholarship Information saytiga kirishi, ro'yxatdan o'tishi va kerakli hujjatlarni joylashtirishi lozim. Harbin politexnika universiteti agentlik raqami 10213. Onlayn ariza topshirish bo'yicha yo'riqnomani ushbu havola orqali yuklab olish mumkin;
- Harbin politexnika universitetiga qabul jarayoni yiliga 4 marta bo'lib o'tadi. Hozirgi ariza topshirish sanalari 2024-yil 15-oktyabr va 2025-yil 15-yanvar. Arizalarni mana shu belgilangan muddatda topshirish kerak. Ayni damda 15-oktyabrdagi qabul jarayoni davom etmoqda;
- So'ng, Harbin politexnika universiteti qabul natijalarini Chinese Government Scholarship grant dasturiga jo'natish lozim. Buning uchun so'nggi muddat quyidagicha: 2024-yil 15-noyabr va 2025-yil 15-fevral;
- Grant natijalari Harbin texnika universiteti tomonidan e'lon qiladi.
Eslatma! Nomzodlar Chinese Government Scholarship grantiga alohida, Harbin texnika institutiga alohida topshirishlari lozim. Avvalambor, ular universitetga qabul qilinishlari, undan so'ng esa grantga ariza topshirishlari kerak bo'ladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
China Scholarship Council bilan hamkor xorij universitetlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Dastur toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun:
Manzil: Xitoy, Harbin 150001, Nangang tumani, West Dazhi koʻchasi 92;
E-mail: StudyatHIT@hit.edu.cn;
Tel: +86-451-86418461;
+86-451-86402455.