Xitoyning Jiangsu universitetida bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Chinese Government Scholarship dasturi

Xitoyning Jiangsu universitetida bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Chinese Government Scholarship dasturi

  • 15/01/2024 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Xitoy Davlat
  • 28.02.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Xitoy tili
  • Yosh chegarasi
    40 yoshgacha

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Chinese Government Scholarship Program Xitoy Taʼlim vazirligi tomonidan joriy etilgan dastur boʻlib, xalqaro talabalarni toʻliq va qisman moliyalashtiriladigan grantlar bilan taʼminlash maqsadida tashkillashtirilgan. Ishtirokchilar Jiangsu universitetining bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida ushbu universitetda mavjud barcha yoʻnalishlarda oʻqishlari mumkin. Dasturda Xitoy davlati fuqarosi boʻlmagan, ruhan va jismonan sogʻlom, hamda xalqaro til bilish sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar qatnashishlari mumkin. Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlarning kontrakt toʻlovi, yotoqxona xarajatlari qoplanadi hamda stipendiya beriladi.

Grantga qabul jarayoni jarayoni 2024-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Ishtirokchi Xitoy davlati fuqarosi boʻlmasligi, ruhan hamda jismonan sogʻlom boʻlishi zarur;
  • Nomzodlar bakalavr bosqichiga ariza topshirish uchun 25, magistratura bosqichiga ariza topshirish uchun 35, shuningdek, doktorantura uchun 40 yoshdan oshmagan boʻlishlari zarur;
  • Ishtirokchilardan ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro sertifikati talab qilinadi;
  • Universitetning xitoy tilida oʻqitiladigan yoʻnalishiga hujjat topshirayotgan nomzodlar HSK 4 xitoy tili sertifikatiga ega boʻlishlari lozim.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Toʻliq grantni qoʻlga kiritgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  • Roʻyxatdan oʻtish, kontrakt va yotoqxona xarajatlari qoplanadi;
  • Har bir talaba uchun quyidagi miqdorda stipendiya ajratiladi:

-Bakalavr uchun 2500 yuan;

-Magistratura uchun 3000 yuan;

-Doktorantura uchun 3500 yuan;

  • Talabalar tibbiy sugʻurta qilinadi;
  • Shahar ichi boʻylab tekin sayohat taʼminlanadi;
  • Sayohat qilayotgan talabalarga tekin poyezd chiptasi beriladi.

Qisman grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar uchun ham sayohat va tekin poyezd chiptasidan tashqari yuqorida sanab oʻtilgan imkoniyatlar mavjud.

Dastur foydali tomonlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirishning ikki yoʻli mavjud:

I. Mahalliy Xitoy elchixonasi orqali ariza topshirish (type A) jarayoni quyidagicha:

  1. Mahalliy Xitoy elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan saralash jarayonidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi xatni oling;
  2. Online ariza topshirish tizimi orqali Jiangsu universitetiga qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi xatni oling;
  3. Elchixonaga universitetga qabul qilinganlik toʻgʻrisida xabar bering. (Universitet qabul xatida oʻz hisobidan oʻqiydigan talaba yozilgan boʻladi, lekin ariza topshirish pulini toʻlash shart emas);
  4. Soʻngra Chinese Government Scholarship Program onlayn ariza topshirish tizimida roʻyxatdan oʻting va onlayn ariza topshiring. Hujjatlarning qogʻoz nusxasini elchixonaga joʻnating.

Eslatma! Ushbu yoʻl orqali bakalavr, magistratura va doktoranturaga hujjat topshirish mumkin.

II. Toʻgʻridan toʻgʻri Jiangsu universitetiga ariza topshirish (type B) jarayoni quyidagicha:

  1. Jiangsu universitetiga oʻz hisobidan oʻqiydigan talaba sifatida ariza topshiring;
  2. Quyidagi hujjatlarni elektron shaklda rasmiy tasdiqlangan holda joylang:
  • Chinese Government Scholarship Programga topshirilgan ariza birinchi beti (oila iqtisodiy holati qismiga);
  • Pasport nusxasi (Nomzod rasmi bor beti);
  • Akademik transkripsiya;
  • Bitiruv diplomi;
  • Til bilish sertifikati;
  • Oila iqtisodiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
  • Tadqiqot ishining qisqacha taʼrifi;
  • 2 ta tavsiyanoma;
  • Jinoyat sodir etmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
  • Sogʻligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (Maxsus berilgan formada toʻldirilishi kerak);

3. Universitetga qabul qilinganlik togʻrisidagi maʼlumotnomani oling (Universitet qabul xatida oʻz hisobidan oʻqiydigan talaba yozilgan boʻladi, lekin ariza topshirish pulini toʻlash shart emas);

4. Soʻngra Chinese Government Scholarship Program onlayn ariza topshirish tizimida roʻyxatdan oʻting va onlayn ariza topshiring.

Grantga ariza topshirish uchun Chinese Government Scholarship Program sahifasiga ushbu havola orqali tashrif buyuring.

Eslatma! Ushbu yoʻl orqali faqat magistratura va doktoranturaga hujjat topshirish mumkin. Bu holda universitet kontrakt, turar-joy va oylik yashash xarajatlarini qoplaydi.

Maʼlumot uchun: Jiangsu universiteti agentligi raqami 10299.

Chinese Government Scholarship Programga kirib ariza topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  • “CSC Study in China” sahifasiga tashrif buyuring va ushbu havola orqali “Scholarship Application for Students” yozuvini bosib yangi akkount yarating (create an account);
  • Shaxsiy maʼlumotlaringizni kiriting. Buning uchun “Edit Personal Details” yozuviga bosing va soʻralgan maʼlumotlarni toʻldiring. Shundan soʻng “Finish” ni bosib oldinga sahifaga qayting va ariza shaklini toʻldirishni boshlang;
  • “Program Category” ni bosib, dastur kategoriyasini tanglang va “New Application” orqali ariza shaklini toʻldiring;
  • Soʻralgan “Agency Number”ni kiriting. Bu hujjat topshirilayotgan universitet tomonidan beriladi. Jiangsu universiteti agentligi raqami 10299;
  • Ariza shaklida soʻralgan maʼlumotlarni kiritgandan soʻng, “Language Proficiency and Study Plan” va “Supporting Documents” boʻlimlarida soʻralga hujjatlarni yuklab, soʻng “Submit”ni bosing.

Muhim! Ariza shakllari ingliz yoki xitoy tillarida toʻldirilishi kerak. Elchixona orqali ariza topshiruvchilar uchun hujjat topshirishning maʼlum bir sanasi mavjud emas, bu elchixona orqali aniqlashtiriladi. Universitetga toʻgʻridan toʻgʻri ariza topshiruvchilar uchun esa arizalarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha davom etadi. Grant natijalari may oyining boshida elektron pochta orqali eʼlon qilinadi.

Jiangsu universitetiga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Chinese Government Scholarship Programga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Maʼlumot uchun:

Qabul komissiyasi: +86-511-88792366;

Talabalar bilan ishlash: +86-511-88792566;

Oʻquv ishlari: +86-511-88792216;

Fax: +86-511-88792208;

E-mail: admission@ujs.edu.cn.

Manzil: Xitoy 212013, Jiangsu provinsiyasi, Zhenjiang, № 301 Xuefu koʻchasi.

Ish vaqti: 08:30-11:30 | 14:00-17:00

Xitoy
Xitoyning Jiangsu universitetida bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Chinese Government Scholarship dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar