Tavsif
Yaponiya Taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) xalqaro talabalar uchun bakalavr bosqichini Yaponiyaning nufuzli universitetlarida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi MEXT Scholarship grantini taqdim etadi. Ushbu bosqich uchun oʻquv muddati yapon tilida 1 yillik tayyorgarlik kursini hisobga olgan holda 5 yilni tashkil qiladi. Agar nomzod yapon tilini yaxshi bilsa yoki ingliz tilida oʻqitiladigan universitet bakalavriat bosqichiga kirsa tayyorlov kursi oʻtilmaydi. Grant gʻoliblari oʻqishni 2027-yil boshlaydi.
Nomzod saralash birinchi bosqichida Yaponiya elchixonasiga taqdim etilgan hujjatlari, yozma imtihon va suhbatlashish yakunlari bo‘yicha tanlov asosida saralash o‘tkazadi. Yozma imtihon testlardan tashkil topgan bo‘lib quyidagi kursatilgan fanlar asosida ihtisos yo‘nalishiga asoslangan xolda qabul qilinadi. Yapon tilidan bilim darajasi kamida boshlangich bo‘lishi kerak. Yapon tili sinovidan 0 olgan talabalar keyingi bosqichga o‘tmagan hisoblanadilar. Yapon tili test sinovi kelajakdagi ihtisosislikka asoslangan holda inobatga olinadi, shunga qaramasdan nomzod Yapon tili va madaniyatini o‘rganishga qiziqish ko‘rsatish va tayyor bo‘lish kerak.
Dasturdan asosiy maqsad iqtidorli yoshlarni mamlakatga jalb qilish, ularni ragʻbatlantirish va Yaponiya taʼlim tizimining xalqaro miqyosda ahamiyatini oshirish.
Grant quyidagi yoʻnalishlarga taqdim etiladi:
1. Social Sciences and Humanities (Ijtimoiy-gumanitar fanlar) quyidagi yoʻnalishlardan iborat:
- Social Sciences and Humanities (A):
- Law (Huquq);
- Politics (Siyosat);
- Pedagogy (pedagogika);
- Sociology (Jamiyatshunoslik);
- Literature (Adabiyot);
- History (Tarix);
- Japanese language (Yapon tili);
- Boshqalar yaʼni Iqtisodiyot, Biznes boshqaruvi va Social Sciences and Humanities — B kurslaridagi “Boshqalar”dan tashqari nomzodlar oʻziga mos universitet topishda qiynalishi mumkin.
- Social Sciences and Humanities (B):
- Economics (Iqtisodiyot);
- Business Administration (Biznes boshqaruvi);
- Boshqalar (Buxgalteriya, Moliyaviy iqtisodiyot va hk).
2. Natural Sciences (Tabiiy fanlar) quyidagi yoʻnalishlardan iborat:
- Natural Sciences (A):
- Science (Ilm-fan): 1. Mathematics. 2. Physics. 3. Chemistry.
- Electric and Electronic Studies: 4. Elektronika. 5. Elektrotexnika. 6. Axborot muhandisligi.
- Mechanical Studies: 7. Mechanical Engineering 8. Naval Architecture.
- Civil Engineering and Architecture: 9. Civil Engineering 10. Architecture
11. Environmental Engineering. - Chemical Studies: 12. Applied Chemistry 13. Chemical Engineering
14. Industrial Chemistry 15. Textile Engineering. - Boshqa sohalar: 16. Metallurgical Engineering 17. Mining Engineering 18. Maritime Engineering 19. Biotechnology
- Natural Sciences (B):
- Agricultural Studies (1. Agriculture 2. Agricultural Chemistry 3. Agricultural Engineering 4. Animal Science 5. Veterinary Medicine 6. Forestry 7. Food Science 8. Fisheries);
- Hygienic Studies (9. Pharmacy 10. Hygienics 11. Nursing);
- Science (12. Biology);
- Natural Sciences (C):
- Medicine;
- Dentistry.
Grant gʻoliblari qaysi oliy taʼlim muassasasida oʻqishi MEXT dasturining masʼul shaxslari tomonidan belgilanadi.
Dastur haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.