Tavsif
Yaponiyadagi Honjo International Scholarship Foundation tomonidan tashkillashtirilgan stipendiya Yaponiyada magistratura va doktorantura bosqichida oʻqish uchun moʻljallangan. Stipendiyaga barcha millat vakillari hujjat topshirishi mumkin.
Yaponiya universitetlaridan biriga hujjat topshirgan va universitetga qabul qilingan nomzodlar Yaponiyaga kelmay turib ham ariza topshirishlari mumkin.
Stipendiya miqdori oʻquv yiliga qarab farq qiladi. Nomzodlar jamgʻarmaning bir qator talablariga javob berishlari zarur.
Stipendiya uchun 2 mavsumda ariza topshirish mumkin. Jamgʻarma bahorgi semestrda 5 kishi va kuzgi semestrda 5 kishi uchun stipendiya ajratadi.