Yaponiyaning Nippon Foundation tashkiloti tomonidan Toshkent va Dushanbeda oʻquvchi bakalavr talabalari uchun 2 yil davomida €100 dan toʻlanuvchi stipendiya
O‘zbekiston O‘zbekiston
18 Apr, 2021 · Muddat tugagan

Yaponiyaning Nippon Foundation tashkiloti tomonidan Toshkent va Dushanbeda oʻquvchi bakalavr talabalari uchun 2 yil davomida €100 dan toʻlanuvchi stipendiya

Bakalavr To‘liq taʼlim Stipendiya

Tavsif

Yaponiyaning Markaziy Osiyo doʻstlik assotsiatsiyasi (JACAFA) Nippon Foundation (TNF) koʻmagi asosida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon universitetlarining kunduzgi talabalariga stipendiyalar berishga qaror qildi. Grantlar dasturi 2021 yil oktabrda boshlanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 4 ballik baholash tizimida 3 ball yoki shunga toʻgʻri keladigan baho boʻlishi kerak va bu dastur davomida saqlanib qolishi talab qilinadi;
  • Ingliz tilida ravon soʻzlay va yoza olishi va IELTS, TOEFL yoki TOEIC kabi sertifikatga ega bolishi kerak;
  • Har bir abituriyent stipendiya dasturi taqdim etiladigan mamlakatning fuqarosi boʻlishi kerak. Binobarin, har bir murojaat etuvchi vakolatli davlat muassasasi tomonidan berilgan, fuqaroligini tasdiqlovchi haqiqiy hujjatning asl nusxasini taqdim etishi shart;
  • Har bir murojaat etuvchi mamlakatning tegishli davlat muassasasi tomonidan berilgan, murojaat etuvchida sudlanganligi yoʻqligini tasdiqlovchi haqiqiy va amaldagi hujjatni taqdim etishi shart:
  • Abituriyent yuqorida sanab oʻtilgan mamlakatlardan birida universitetning kunduzgi talabasi boʻlishi kerak;
  • Abituriyent, stipendiya dasturining boshlanish vaqti, bitiruvgacha toʻliq ikki oʻquv yiliga ega boʻlishi kerak, masalan agar abituriyentning oʻqish dasturi bitiruvga qadar toʻrtta oʻquv yili boʻlsa, talaba stipendiya olishni boshlagan paytda uchinchi oʻquv yilini boshlashi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 2021-yil oktabr oyidan 100 yevro miqdorida oylik stipendiya (2 yil davomida shartlarni buzmagan hollarda);
  • Markaziy Osiyo miqyosida oʻtkaziladigan tadbirlarga qatnashish xarajatlari toʻliq qoplanadi;
  • JACAFA Japan Visit Program musobaqasiga qatnasha oladi va yutgan nomzod Yaponiyaga tekin sayohat qilish imkoniga ega boʻladi.

Topshirish jarayoni

  • Talabalikni tasdiqlovchi hujjat;
  • Xorijga chiqish uchun pasport (qizil pasport) nusxasi (agar qizil pasport olmagan nomzodlar boʻlsa hozircha bunday pasport olmaganligini va keyinchalik nusxasini yuborishini aytib, oʻrniga (yashil) fuqarolik pasportining nusxasini yuborishi mumkin. Xorijga chiqish pasportini olgandan keyin uning nusxasini yuborish kerak);
  • Oʻqish joyidagi hozirgi kungacha olgan baholar transkripsiyasi;
  • Ariza formasi;
  • Insho (ariza formasi toʻldirilayotganda beriladi);
  • Tavsiyanoma;
  • Dastlab job.alif.tj platformasida roʻyxatdan oʻtiladi (shartlari bilan toʻliq tanishib chiqilgandan soʻng);
  • CV topshirish (undan keyin kichik test sinovi boʻlib oʻtadi).

Qo'shimcha ma'lumot

Shuni esda tutingki, faqat Dushanbe, Boʻxtar, Xoʻjand va Toshkent shahridagi talabalar hujjat topshirishlari mumkin. Boʻxtar shahridan nomzodlar ariza berish uchun Dushanba shahrini tanlashi kerak, u Boʻxtarda oʻqiyotganini eslatib oʻtishi lozim.

Murojaat uchun:

Telegram: @AlifAcademyBot

Tel: +992 48 888 54 64

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 23

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Daraja

    Bakalavr

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Ijtimoiy fanlar

O‘zbekiston Yaponiyaning Nippon Foundation tashkiloti tomonidan Toshkent va Dushanbeda oʻquvchi bakalavr talabalari uchun 2 yil davomida €100 dan toʻlanuvchi stipendiya
18 Apr, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.