Erasmus Mundus Joint Master Degree DENSYS Program Yevropaning nufuzli universitetlarida Decentralised smart Energy Systems (Qayta ishlasa boʻladigan energiya tizimi) sohasi boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni istovchi talabalar uchun tashkil etilgan dastur hisoblanadi.
Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan Erasmus Mundus Joint Master Degree DENSYS dasturiga qabul qilingan talabalar 2025-2027 yil davоmida Université de Lorraine (Fransiya), Royal Institute of Technology (Shvetsiya), Politecnico di Torino (Italiya), Universitat Politècnica de Catalunya (Ispaniya) oliygohlarida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi.
Dasturda koʻzlangan maqsad mexanika, elektr muhandisligi va energetika kabi sohalarda yetarli tajriba va bilimga ega boʻlgan talabalar bilimini yanada takomillashtirish, shu orqali energiya tizimlarini optimallashtirish va uning samaradorligini oshirishdan iborat. Qolaversa, talabalar energiya tizimlari haqida batafsil maʼlumotga ega boʻladi. Hududlarda mavjud energiya bilan bogʻliq muammolar bilan tanishadi va ularga xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bilan birga yechim topadilar.
Dastur yakunida ishtirokchi talabalar 2 xil diplomga ega boʻladi:
2024-yilda DENSYS dasturida dunyo boʻylab 11 ta davlatdan 450 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Bu haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Bu yilgi dasturda Oʻzbekiston hududidagi talabalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda va bu grant yutish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. Dastur davomidagi safar xarajatlari qoplanadi va yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya beriladi.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin:
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
Dasturning manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Baholanish mezoni:
Ishtirokchilar ariza topshirish jarayonida taqdim etgan hujjatlariga asosan 100 ballik tizimda baholanadilar:
Talabalar mart oyining boshida elektron pochta orqali arizalari haqida xabardor qilinadi. Saralangan talabalar ishtirokini tasdiqlashlari kerak. Keyin asosiy roʻyxat va zaxira roʻyxati tasdiqlash uchun Yevropa Ittifoqiga yuboriladi. Yakuniy natijalar (Yevropa Ittifoqi maʼqullaganidan keyin) iyun eʼlon qilinadi.
Dastur tarkibiy qismlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Qoʻshimcha murojaatlar ushbu havola orqali qabul qilinadi.