Tavsif
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar tadqiqotchi va magistrlar oʻrtasida “Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovini eʼlon qiladi.
Ushbu tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi va 16-iyundagi qarorlariga muvofiq oliy taʼlim va tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ilmiy izlanishlari, tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan. Tanlov Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan.
Tanlovning OTM bosqichi gʻoliblari diplom va 1-oʻrin 10 million soʻm, 2-oʻrin 7 million soʻm, 3-oʻrin 4 million soʻm pul bilan taqdirlanadi va 1-oʻrin keyingi bosqichga yoʻl oladi. Respublika bosqichida esa 1-oʻrin 30 million soʻm, 2-oʻrin 20 million soʻm va 3-oʻrin 10 million soʻm pul yutuqlarini qoʻlga kiritadi.