Yoshlar akademiyasidan “Boʻlajak olim” tanlovi. Tanlovda yosh va iqtidorli olimlarning innovatsion faoliyatlari moddiy rag'batlantiriladi

Yoshlar akademiyasidan “Boʻlajak olim” tanlovi. Tanlovda yosh va iqtidorli olimlarning innovatsion faoliyatlari moddiy rag'batlantiriladi

  • 01/05/2021 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 20/06/2021 18:00 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

Yoshlar Akademiyasi “Bo'lajak olim” tanlovini e'lon qiladi.

“Boʻlajak olim” tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli yosh olimlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorining 2-ilovasi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Boʻlajak olim tanlovi doirasida yosh olimlarning:

  • Ilmiy gʻoyalari ragʻbatlantiriladi;
  • Ilmiy va startap loyihalari moliyalashtiriladi.

Ilmiy gʻoya – ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri boʻlib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo boʻladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha.

Maqbullik shartlari

Ilmiy gʻoyalarni ragʻbatlantirishga qoʻyiladigan shartlar:

  1. Talabgorlarning yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
  2. 1 ta ishtirokchi 1 ta gʻoya bilan ishtirok etishi;
  3. Ilmiy gʻoyalar asosida maket va (yoki) prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi.
  4. Topshirilgan ilmiy gʻoyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻ miqdori Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-sonli Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomdagi hajmdan oshmasligi.

Foydali tomonlari

Boʻlajak olim tanlovi doirasida yosh olimlarning:

  • Ilmiy gʻoyalari ragʻbatlantiriladi;
  • Ilmiy va startap loyihalari moliyalashtiriladi.

Hujjat topshirish

Tanlov doirasida Ilmiy gʻoyalar boʻyicha takliflar joriy yilning 20-iyun soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Bunda vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida quyidagi hujjatlar www.yoshlarakademiyasi.uz  veb-sahifasining tanlovlar rukniga yuklanishi lozim:

  1. Talabgorlarning fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi,3×4 sm oʻlchamdagi oq fondagi 2 dona rangli fotosurati (.jpeg);
  2. Ilmiy gʻoya matni. Bunda ilmiy gʻoyaning amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Asl nusxasi skaner qilinib, pdf hamda word shaklida taqdim etiladi;
  3. Ilmiy gʻoyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻ toʻgʻrisida maʼlumotnoma va xarajatlar smetasi.
  4. Ilmiy gʻoya taqdimoti. (5 slayddan oshmasligi, ilmiy gʻoya mazmuni toʻliq yoritilgani).
  • Taqdim etilgan ilmiy gʻoya loyihalari tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi;
  • Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi;
  • Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy gʻoya loyihalari mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Loyihalarni topshirish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha www.yoshlarakademiyasi.uz saytiga yoki quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:

  • (71) 203-32-23 (233)
Oʻzbekiston
Yoshlar akademiyasidan “Boʻlajak olim” tanlovi. Tanlovda yosh va iqtidorli olimlarning innovatsion faoliyatlari moddiy rag'batlantiriladi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar