Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, kasb-hunarga oʻrgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, darsliklar, motivatsion roliklar tayyorlash boʻyicha tanlov

Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, kasb-hunarga oʻrgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, darsliklar, motivatsion roliklar tayyorlash boʻyicha tanlov

  • 20/07/2021 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 20.08.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga o‘zining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar va darsliklar, motivatsion roliklar tayyorlash maqsadida davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov yo‘nalishlari:

“Kouching” video roliklar tayyorlash bo‘yicha

1.     Tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirishda yoshlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar hamda ularning aniq yechimlari to‘g‘risida qisqa metrajli “kouching” video roliklar tayyorlash va OAVlarda keng targ‘ib qilish. 500 mln. so‘m

2.     Xorijiy mamlakatlarda ishlash istagidagi yoshlarni butun dunyoda amalda bo‘lgan kasb-hunarlarga (sartaroshlik, chilangarlik, zargarlik, avtomobil ehtiyot qismlarini tamirlovchi, tikuvchilik, qandolatchilik, IT dasturchi, IT dizayner va boshqalar) kengroq jalb qilish va kerakli ko‘nikmalarni berishga qaratilgan motivatsion xarakterga ega “kouching” video materiallar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish. 500 mln. so‘m

3.     Aholini o‘zini-o‘zi band qilishga hamda tomorqa va boshqa uy sharoitlaridan foydalangan holda daromad qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 20 daqiqali “kouching” video materiallar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish. 500 mln. so‘m

4.     Yoshlar hamda o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi aholi o‘rtasida kichik biznes faoliyatini minimal sarmoya bilan boshlashga qaratilgan, hayotiy tajribaga asoslangan “kouching” video materiallar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish. 500 mln. so‘m

Motivatsion roliklar tayyorlash bo‘yicha

5.     Yoshlarni hamda aholini ilm-fanga kengroq jalb qilish maqsadida ilm-fan orqali (ixtirochilik, olimlik va boshqalar) ham yaxshi moddiy barqarorlikka erishish hamda yaxshi daromad qilish imkoniyatlari mavjudligini hayotiy tajribalar asosida yoritish beruvchi motivatsion roliklar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish. 250 mln. so‘m

6.     Biznesni yo‘lga qo‘yishdan daromad olishgacha bo‘lgan masalalarni o‘rgatishga qaratilgan realiti shou televizion loyiha va teleseriallar tayyorlash. 1 mlrd. so‘m

7.     Ijtimoiy tarmoqlarda (Tik Tok, Facebook, Instagam, Telegram, Whatsapp va boshqalar) yoshlarni kasb-hunarni egallashga hamda shu orqali daromad olishga undovchi motivatsion va “kouching” video materiallar tayyorlash hamda ushbu platformaning eng mashhur fodalanuvchilari orqali keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish. 500 mln. so‘m

8.    Ijtimoiy tarmoqlarda (Tik Tok, Facebook, Instagam, Telegram, Whatsapp va boshqalar) yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini boshlash va shu orqali daromad olishga undovchi motivatsion va “kouching” video materiallar tayyorlash hamda ushbu platformaning eng mashhur foydalanuvchilari orqali keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish. 500 mln. so‘m

O‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklar tayyorlash bo‘yicha

9.     Bugungi kunda an’anaviy va zamonaviy kasb-hunarlar orqali (SMM, Grafik dizayner, IT dasturchi, Online ta’lim, Trading va boshqa) daromad topish hamda shu sohadagi kerakli bilimlarni berishga qaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va OAVlarda keng targ‘ib qilish hamda tarqatish. 500 mln. so‘m

10.  Yoshlar va aholi orasida tadbirkorlik sohasida kerakli bilimlarni (moliyaviy savodxonlik, marketing, menejment, hodimlar boshqaruvi va boshqalar) o‘zlashtirish uchun nazariy va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va OAVlarda keng targ‘ib qilish hamda tarqatish. 250 mln. so‘m

11.  Muvaffaqiyatga erishgan, kasbining haqiqiy egasi bo‘lgan O‘zbek tadbirkorlari, hunarmandlari va boshqa yuqori daromad keltiruvchi kasb egalari to‘g‘risida yoshlar uchun motivatsion xarakterdagi kitoblar chop ettirish va targ‘ib qilish. 500 mln. so‘m

12. Yoshlar portalini kontent bilan to'ldirish, unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari, yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish. 300 mln. so'm

Maqbullik shartlari

  • Video mahsulotlarning tasvir sifati 16:9 formatda 20 bitrate Full HD (1920x1080) yoki 4K (3840x2160);
     
  • Har bir video mahsulotlarning tizer (qisqa) shakli ham bo‘lishi talab etiladi;
     
  • Videodagi ovoz sifati 320kbs stereo AAC formatida boʻlishi.
     
  • Video mahsulotda hayoti yoritib beriladigan qahramonlar g‘olib tomonidan buyurtmachi bilan oldindan kelishishi.

Foydali tomonlari

  • Gʻoliblarga yoʻnalishlari boʻyicha 500 mln soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha pul mukofoti.

Hujjat topshirish

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Tanlovga hujjatlar taqdim etilayotganligi toʻgʻrisida yoʻllanma murojaat (kuzatuv) xati;

2. yoshlar.gov.uz saytida joylashtirilgan shaklda davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan loyihani oʻz ichiga olgan talabgorning ariza (talabnoma)si va unga ilova qilinadigan hujjatlar;

3. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishning batafsil tasnifi;

4. Qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma;

5. Oxirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan roʻyxatga olingan, har bir varagʻi talabgor tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan ustav (nizom)ning nusxasi;

6. Talabgor tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;

7. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda uning hududiy boshqarmalarida ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi (ommaviy axborot vositalari uchun);

8. Talabgor tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tegishli litsenziyaning nusxasi (litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shugʻullanish talab etilgan hollarda);

9. Loyihani amalga oshirishdan manfaatdor davlat davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning tavsiyanomalari, qoʻllab-quvvatlash xatlari ilova qilinishi mumkin.

Eslatma: tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan shaklga mos kelmagan hamda toʻliq taqdim etilmagan taqdirda loyihalar qabul qilinmagan hisoblanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun tasdiqlangan hamda muhrlangan hujjatlar toʻplamlari Yoshlar ishlari agentligiga aloqa pochtasi orqali hamda elektron koʻrinishda 2021-yil 20-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari va tanlov hujjatlarining namunalari bilan Yoshlar ishlari agentligining www.yoshlar.gov.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Eslatma: Davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish muddati shartnoma imzolangan kundan boshlanadi.

Yoʻnalishlar kesimida tayyorlanadigan har bir loyiha byudjeti yoʻnalish uchun ajratiladigan mablagʻ miqdoridan oshmasligi lozim. Loyiha uchun soʻralayotgan summa ushbu miqdordan oshib ketgan taqdirda, mazkur ariza tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlmaydi.

Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Oʻzbekiston
Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, kasb-hunarga oʻrgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, darsliklar, motivatsion roliklar tayyorlash boʻyicha tanlov

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar