Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida “Yil volontyori” xalqaro tanloviga qabul davom etmoqda

Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida “Yil volontyori” xalqaro tanloviga qabul davom etmoqda

  • 29/09/2021 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 15.10.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida “Yil volontyori” xalqaro tanlovi eʼlon qilindi.

Ushbu tanlov mamlakatimizning ijtimoiy muammolarini hal qilishga hissa qoʻshgan volontyorlar, volontyorlik guruhlari va uyushmalarini ragʻbatlantirishga qaratilgan. 

Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi:

Birinchi bosqich - tanlov ishtirokchilari anketa orqali volontyorlik faoliyati to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etadilar;

Ikkinchi bosqich - eng ko'p ovoz to'plagan va ikkinchi bosqichga o'tgan ishtirokchilar intervyu orqali tanlov komissiyasi tomonidan baholanib saralanadi.

Tanlovda mamlakatimiz hududidagi va xorijda volontyorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan barcha yoshdagi vatandoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun @yilvolontyoribot telegram-boti orqali anketani toʻldirib joʻnatishingiz lozim.

Maqbullik shartlari

  • Tanlovda yoshidan qatʼi nazar, Oʻzbekistonning barcha hududlaridagi, shuningdek, xorijdagi vatandoshlarimiz ham qatnashishlari mumkin;
  • Jamoaviy yoki yakka tartibda arizalar qabul qilinadi.

Foydali tomonlari

  • Gʻoliblar 5-dekabr xalqaro volontyorlar kunida e'lon qilinadi va tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadi

Hujjat topshirish

Ishtirok etish uchun @yilvolontyoribot telegram-boti orqali anketani toʻldirib joʻnatish lozim. Jamoaviy yoki yakka tartibda arizalar qabul qilinadi.

Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:

Birinchi bosqich — tanlov ishtirokchilari anketa orqali volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadilar;

Ikkinchi bosqich — eng koʻp ovoz toʻplagan va ikkinchi bosqichga oʻtgan ishtirokchilar intervyu orqali tanlov komissiyasi tomonidan baholanib saralanadi.

25 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar tanlab olinadi:

  • “Mister volontyor-2021” nominatsiyasi
  • “Miss volontyor-2021” nominatsiyasi
  • “Yilning volontyorlik guruhi” nominatsiyasi
  • “Yilning madaniyat volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning eko volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning tibbiy volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi volontyor” nominatsiyasi
  • “Yilning ijtimoiy volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning tadbir volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning virtual volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning favqulodda vaziyatlarda ishtirok etgan volontyori” nominatsiyasi
  • “Yoʻqolganlarni qidirishda faol ishtirok etgan volontyor” nominatsiyasi
  • “Yilning sport volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning volontyorlik gʻoyasi” nominatsiyasi
  • “Yilning hayvonot olamini muhofaza qiluvchi volontyor” nominatsiyasi
  • “Yilning donorlikni targʻib qiluvchi volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning faol volontyorlar hududi” –maxsus nominatsiyasi
  • “Yilning agro volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning media volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning chet eldagi faol Oʻzbekistonlik ijtimoiy volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning chet eldagi faol Oʻzbekistonlik eko volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning chet eldagi faol Oʻzbekistonlik korporativ volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning chet eldagi faol Oʻzbekistonlik tibbiy volontyori” nominatsiyasi
  • “Yilning chet eldagi faol Oʻzbekistonlik media volontyori” nominatsiyasi
  • “Sirli nominatsiya” (taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi)

Anketalarni qabul qilish 15-oktabrga qadar davom etadi.

Eslatma: Xayrli ishlarni amalga oshirayotgan qahramonlarni bilsangiz, ularni nomzod sifatida ko‘rsatishingiz mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • “Yil volontyori” tanlovining qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston volontyorlar assotsiatsiyasining rasmiy ijtimoiy sahifalarida joylashtirilgan.
  • Batfsil ma'lumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin. 
Oʻzbekiston
Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida “Yil volontyori” xalqaro tanloviga qabul davom etmoqda

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar